QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят13

ءَأَشْفَقْتُمْ أَن تُقَدِّمُوا۟ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَـٰتٍ ۚ فَإِذْ لَمْ تَفْعَلُوا۟ وَتَابَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish og`ir keldimi? Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi. Bas, namoz o`qingiz va zakot beringiz. Va Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilingiz. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.Сизларга сирли суҳбатингиздан аввал садақа бериш оғир келдими? Агар (буйруқни) бажармасангиз, (майли) Аллоҳ афв қилди. Бас, намоз ўқингиз ва закот берингиз. Ва Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарига итоат қилингиз. Аллоҳ қилаётган ишларингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Suhbatlaringiz oldidan xayr-sadaqalar taqdim etishdan (kambagʻal boʻlib qolamiz, deb) qoʻrqdinglarmi? Bas, sizlar (xayr-sadaqa) qilmagan ekansizlar va Alloh tavbalaringizni qabul qilgan ekan, endi namozni toʻkis ado etinglar va zakotni (haqdorlarga) ato etinglar hamda Alloh va Uning paygʻambariga itoat etinglar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Суҳбатларингиз олдидан хайр-садақалар тақдим этишдан (камбағал бўлиб қоламиз, деб) қўрқдингларми? Бас, сизлар (хайр-садақа) қилмаган экансизлар ва Аллоҳ тавбаларингизни қабул қилган экан, энди намозни тўкис адо этинглар ва закотни (ҳақдорларга) ато этинглар ҳамда Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига итоат этинглар! Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

544-sahifa · 28-juz · 55-hizb544-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَأَشْفَقْتُمْogʻir keldimi sizlargaоғир келдими сизларгаأَن-ni-ниتُقَدِّمُوا۟oldindan berishingizолдиндан беришингизبَيْنَoldidaолдидаيَدَىْavvalаввалنَجْوَىٰكُمْsirli suhbatingizdanсирли суҳбатингизданصَدَقَـٰتٍۢ ۚsadaqalarсадақаларفَإِذْbas, qachonkiбас, қачонкиلَمْemasэмасتَفْعَلُوا۟bajardingizбажардингизوَتَابَva avf qildiва авф қилдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْكُمْsizlarniсизларниفَأَقِيمُوا۟bas, oʻqinglarбас, ўқингларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَءَاتُوا۟va beringlarва берингларٱلزَّكَوٰةَzakotniзакотниوَأَطِيعُوا۟va itoat qilinglarва итоат қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥ ۚva Uning Paygʻambarigaва Унинг Пайғамбаригаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَبِيرٌۢxabardordirхабардордирبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotgan ishlaringizқилаётган ишларингиз
TafsirТафсир

Mana shu oyati karima oʻzidan avvalgi, Paygʻambar alayhissalom bilan sirli suhbat qilmoqchi boʻlgan odamga sadaqani vojib qiluvchi oyatni nasx qilgan, amaldan qoldirgandir. Avval ham aytib oʻtilganidek, birinchi oyat nozil boʻlganidan soʻng unga faqat hazrati Ali roziyallohu anhu amal qilganlar. Maʼlum vaqt oʻtgandan keyin ushbu oyat tushib, avvalgi oyatning hukmi bekor qilingan.

«Sizlarga sirli suhbatingizdan avval sadaqa berish ogʻir keldimi?»

Ey, iymon keltirganlar, sizlarga Paygʻambar bilan sirli suhbat qilishdan oldin sadaqa berish ogʻir keldimi?

«Agar (buyruqni) bajarmasangiz, (mayli) Alloh afv qildi.»

Alloh sizni kechirdi. Endi Paygʻambar bilan sirli suhbat qilishdan oldin sadaqa bermasangiz ham mayli.

«Bas, namoz oʻqingiz va zakot beringiz.»

Namoz oʻqish va zakot berishda davom etingiz. Oʻsha sizga foydali.

«Va Allohga va Uning Paygʻambariga itoat qilingiz.»

Ana shunda ikki dunyo saodatiga erishasiz.

«Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.»

Ushbu haqiqat aslo yodingizdan chiqmasin.

Ushbu ikki oyatni oʻrganish jarayonida Alloh Oʻz bandalariga qanchalik mehribon ekanligi, ularga doimo yengillikni xohlashi yanada ravshan koʻrinadi. Agar Alloh taolo avvalgi hukmini bekor qilmasa yoki undan ham ogʻirroq hukmni joriy qilsa, boʻlaverar edi. Lekin Alloh taolo oʻzini unutib qoʻygan baʼzi kishilarni ogohlantirib boʻlgach, yana koʻpchilikka rahim qilib, avvalgi Oʻz hukmini bekor qildi. U Oʻz bandalariga hech qachon mashaqqatni ravo koʻrmaydi. Alloh taoloning bunday mehribonchiligini Paygʻambarimiz alay- hissalom bilan hazrati Ali karramallohu vajhahu oralarida boʻlib oʻtgan suhbat yana bir bor isbotlaydi. Imom Termiziy hazratlari bu suhbatni shunday rivoyat qiladilar:

«Hazrati Ali ibn Abu Tolib dedilar:

«Najvadan avval sadaqa berish haqidagi oyat tushganda Paygʻambar alayhissalom menga:

«Qancha deb oʻylaysan, bir dinormi?»–dedilar. Men, qodir boʻlmaydilar, dedim. U kishi yana soʻradilar:

«Yarim dinormi?» Men:

«Chiday olmaydilar», dedim. U kishi:

«Nima deysan, boʻlmasa?» – dedilar. Men:

«Bir dona arpa», dedim. Shunda Rasululloh:

«Zohidlik qilding», dedilar. Soʻng Alloh taolo:

«A ashfaqtum» oyatini tushirdi va bu ummati Muhammadiyaga yengillik boʻldi».

Endigi oyatlarda sirtdan musulmonlarga oʻzlarini doʻst tutib, aslida yahudiylar bilan hamkorlik qilib, ularga moʻminlarning sirlarini sotadigan munofiqlar haqida soʻz ketadi.