QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят12

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نَـٰجَيْتُمُ ٱلرَّسُولَ فَقَدِّمُوا۟ بَيْنَ يَدَىْ نَجْوَىٰكُمْ صَدَقَةً ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لَّكُمْ وَأَطْهَرُ ۚ فَإِن لَّمْ تَجِدُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar Payg`ambar bilan sirli suhbat qilmoqchi bo`lsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering. Shundoq qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir. Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir.Эй, иймон келтирганлар! Агар Пайғамбар билан сирли суҳбат қилмоқчи бўлсангиз, сирли суҳбатингиздан аввал садақа беринг. Шундоқ қилмоғингиз ўзингиз учун яхшироқдир ва (қалбингиз учун) покроқдир. Агар (садақага нарса) топмасангиз, албатта Аллоҳ кечирувчи ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qachon sizlar paygʻambar bilan sirlashmoq — suhbatlashmoqni istasangizlar, suhbatlaringiz oldidan (kambagʻal-miskinlarga) biron xayr-sadaqa taqdim etinglar. Bu oʻzlaringiz uchun yaxshiroq va (gunohlaringizni) poklaguvchiroqdir. Endi agar (sadaqa qilgudek narsa) topa olmasangizlar, u holda albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эй мўминлар, қачон сизлар пайғамбар билан сирлашмоқ — суҳбатлашмоқни истасангизлар, суҳбатларингиз олдидан (камбағал-мискинларга) бирон хайр-садақа тақдим этинглар. Бу ўзларингиз учун яхшироқ ва (гуноҳларингизни) поклагувчироқдир. Энди агар (садақа қилгудек нарса) топа олмасангизлар, у ҳолда албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

544-sahifa · 28-juz · 55-hizb544-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkishilarкишиларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِذَاagarагарنَـٰجَيْتُمُsirli suhbat qilmoqchi boʻlsangizсирли суҳбат қилмоқчи бўлсангизٱلرَّسُولَPaygʻambar bilanПайғамбар биланفَقَدِّمُوا۟bas, oldindan beringбас, олдиндан берингبَيْنَoldidaолдидаيَدَىْavvalаввалنَجْوَىٰكُمْsirli suhbatingizdanсирли суҳбатингизданصَدَقَةًۭ ۚsadaqaсадақаذَٰلِكَshundoq qilmogʻingizшундоқ қилмоғингизخَيْرٌۭyaxshiroqdirяхшироқдирلَّكُمْoʻzingiz uchunўзингиз учунوَأَطْهَرُ ۚva pokroqdirва покроқдирفَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасتَجِدُوا۟topdingizтопдингизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭkechiruvchiкечирувчиرَّحِيمٌrahmdildirраҳмдилдир
TafsirТафсир

Bu oyati karimaning tushish sababi haqidagi rivoyatlarda naql qilinishicha, musulmonlikni endi qabul qilgan baʼzilar bekordan-bekorga, oʻzlarini koʻrsatish uchun Paygʻambar alayhissalom bilan najva-munojotni (sirli, yakkama-yakka suhbatni) koʻpaytirib yuborishgan. Soʻng Alloh shu oyatni tushirgan. Xususan, boylar oʻzlarini koʻrsatish uchun Paygʻambar alayhissalomning koʻpchilik uchun foydali ishlarni qilishlariga yoʻl bermay shunaqa qilishar, ommaviy manfaat uchun kerak boʻlgan zarur vaqt behuda oʻtar edi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni nozil etib, bu masalani tartibga soldi.

«Ey, iymon keltirganlar! Agar Paygʻambar bilan sirli suhbat qilmoqchi boʻlsangiz, sirli suhbatingizdan avval sadaqa bering.»

Eʼtibor beradigan boʻlsak, ushbu oyatni Alloh taolo moʻminlarga mahbub nido–

«Ey iymon keltirganlar!» nidosi bilan boshlamoqda. Bu «Mujodala» surasidagi shu qabildagi uchinchi nidodir. Albatta, bu kabi nidodan keyin moʻminlik uchun zarur boʻlgan amr keladi. Bu safargi amr, Paygʻambar alayhissalom bilan yolgʻiz qolib xos suhbat qilmoqchi boʻlgan odam oʻsha boʻlajak suhbatdan oldin muhtojlarga sadaqa qilmogʻi edi.

«Shundoq qilmogʻingiz oʻzingiz uchun yaxshiroqdir va (qalbingiz uchun) pokroqdir.»

Yaʼni, Paygʻambar bilan sirli suhbat qilishingizdan oldin sadaqa bermogʻingiz oʻzingiz uchun savob olish borasida yaxshiroq va gunohdan poklanishda qulayroqdir.

«Agar (sadaqaga narsa) topmasangiz, albatta Alloh kechiruvchi va rahimlidir.»

Ha, Paygʻambar alayhissalom bilan sirli suhbat qilishdan oldin sadaqa qilishga narsangiz boʻlmasa, unda sizga gunoh boʻlmaydi. Alloh Oʻzining kechiruvchilik va rahimdillik sifati ila oʻtib yuboradi.

Ulamolarimiz Paygʻambar alayhissalom bilan munojot (sirli suhbat) qilishdan avval sadaqa berishga daʼvat etilgan buyruqning bir necha hikmatlarini sanaganlar. Jumladan:

1) Paygʻambar alayhissalomning vaqtlarini bekor ketkazmaslik;

2) Kambagʻallarga foyda boʻlishi;

3) Muxlis va munofiqlarni ajratish va hokazo.

Hazrati Alidan qilingan rivoyatda u kishi bunday deganlar:

«Allohning kitobida bir oyat bor, unga mendan avval hech kim amal qilmagan va mendan keyin ham hech kim amal qilmaydi. Mazkur oyat tushganida bir dinorim bor edi. Uni oʻn dirhamga maydalab, Paygʻambar alayhissalom huzurlariga oʻn marta kirib, oʻnta savolimga javob olib chiqqanman. Har kirishimdan avval kambagʻallarga bir dirham sadaqa qildim. Soʻngra oyat nasx etildi, yaʼni, unga amal qilish bekor boʻldi».