QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят11

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا قِيلَ لَكُمْ تَفَسَّحُوا۟ فِى ٱلْمَجَـٰلِسِ فَٱفْسَحُوا۟ يَفْسَحِ ٱللَّهُ لَكُمْ ۖ وَإِذَا قِيلَ ٱنشُزُوا۟ فَٱنشُزُوا۟ يَرْفَعِ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ وَٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ دَرَجَـٰتٍ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq o`tiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing. Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini ko`taradir. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir.Эй, иймон келтирганлар! Агар сизларга мажлисларда «Силжиброқ ўтиринг» дейилса, бас, силжинг, агар «Туринг» дейилса, туринг. Аллоҳ сизлардан иймон келтирганларнинг ва илм берилганларнинг даражаларини кўтарадир. Аллоҳ нима қилаётганларингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qachon sizlarga (majlis-suhbatlarda doʻst-birodarlaringiz kelib: «Bizlarga ham shu majlisdan) joy beringlar», deyilsa, darhol joy beringlar, Alloh sizlarga ham (Oʻz jannatidan) joy berur. Va qachon «(oʻrinlaringizdan) turinglar», deyilsa, darhol turinglar, Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga koʻtarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Эй мўминлар, қачон сизларга (мажлис-суҳбатларда дўст-биродарларингиз келиб: «Бизларга ҳам шу мажлисдан) жой беринглар», дейилса, дарҳол жой беринглар, Аллоҳ сизларга ҳам (Ўз жаннатидан) жой берур. Ва қачон «(ўринларингиздан) туринглар», дейилса, дарҳол туринглар, Аллоҳ сизлардан иймон келтирган ва илм ато этилган зотларни (баланд) даража-мартабаларга кўтарур. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

543-sahifa · 28-juz · 55-hizb543-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkishilarкишиларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِذَاagarагарقِيلَdeyilsaдейилсаلَكُمْsizlargaсизларгаتَفَسَّحُوا۟siljibroq oʻtiringсилжиброқ ўтирингفِى-da-даٱلْمَجَـٰلِسِmajlislarмажлисларفَٱفْسَحُوا۟bas, siljingбас, силжингيَفْسَحِkeng qilurкенг қилурٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمْ ۖsizlargaсизларгаوَإِذَاva agarва агарقِيلَdeyilsaдейилсаٱنشُزُوا۟turingтурингفَٱنشُزُوا۟bas, turingбас, турингيَرْفَعِkoʻtarurкўтарурٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَkishilarniкишиларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганمِنكُمْsizlardanсизларданوَٱلَّذِينَva kimlarkiва кимларкиأُوتُوا۟berilganберилганٱلْعِلْمَilmgaилмгаدَرَجَـٰتٍۢ ۚdarajalariniдаражалариниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganingizқилаётганингизخَبِيرٌۭxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Bu oyati karimaning tushish sababi haqida hazrati Muqotil ibn Hayyon bunday rivoyat qiladilar:

«Bu oyat juma kuni tushgan. Paygʻambar alayhissalom oʻsha kuni suffada, tor joyda oʻtirgan edilar. U kishining odatlari, Badr urushi qatnashchilarini izzat-ikrom qilar edilar. Badr urushi ishtirokchilaridan bir guruhi majlisga kech qolib keldilar. Paygʻambar alayhissalom qarshilariga kelib «Assalomu alaykum ayyuhan Nabiyyu va rohmatullohi va barokatuhu», dedilar. Paygʻambarimiz alay- hissalom alik oldilar. Ular oʻtirganlarga ham salom berdilar. Oʻtirganlar ham alik oldilar. Kelganlar joy berilishini kutib tik turib qoldilar. Rasululloh alayhissalom ularning nimaga turib qolganlarini bildilar. Lekin ularga joy berilmadi. Bu esa, Paygʻambarimiz alayhissalomga ogʻir botdi. Shunda u zoti bobarakot atroflarida oʻtirgan, Badr urushida qatnashmagan kishilarga «hoy falonchi, falonchi» deb birma-bir oʻrinlaridan turgʻizib, ahli Badrni oʻtqazdilar. Bu esa, oʻrnidan turgʻazilganlarga ogʻir botdi. Paygʻambar alayhissalom buni ularning yuzlaridan sezdilar.

Munofiqlar bu holatdan ustalik bilan foydalanib, «Paygʻambarimiz kishilar orasida adolat oʻrnatadi, deb yurar edinglarku?! Allohga qasam, anavilarga hech adolat qilmadi. Bir xil odamlar oʻz Nabiylarini yaxshi koʻrib unga yaqinlashuvdi, ularni turgʻazib yuborib, oʻrinlariga oʻzgalarni oʻtqazdi», deyishga oʻtdilar. Shu onda Paygʻambar alayhissalom «Oʻz birodariga joy bergan kishiga Allohning rahmati boʻlsin», dedilar. Shundan soʻng odamlar oʻrinlaridan shoshilib tura boshladilar va birodarlariga joy boʻshatdilar. Ana shunday holat boʻlib turgan paytda ushbu oyat nozil boʻldi.

«Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga majlislarda «Siljibroq oʻtiring» deyilsa, bas, siljing, agar «Turing» deyilsa, turing.»

Musulmonlar Paygʻambar alayhissalom majlislarida iymon va ilm olardilar. Shuning uchun ham, hamma katta qiziqish bilan, iloji boricha, u zotga yaqinroq oʻtirishni xohlardi. Ushbu oyat nozil boʻlgach, ilm olish majlisini hammaga keng targʻib qilish zarurligi eslatilib, majlis ahlining barchasiga joy berishni yoʻlga qoʻyishga daʼvat etildi.

Shu bilan birga, iymon va ilmning tutgan oʻrni juda ham yuqori ekanligi eslatilib:

«Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm berilganlarning darajalarini koʻtaradi. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir», deyildi.

Bu oyat tafsiridan yana shu narsa oydinlashadiki, baʼzi kishilar oʻzlaricha «obroʻ-eʼtibor» deb yuradigan mansab, pul, yigʻilgan molu dunyo va boyliklarning Alloh huzurida hech qanday qiymati yoʻq ekan. Faqat iymonu ilm bilangina Alloh taolo taqvodorlar martabasini yuqori tutar ekan.

Shu yerda yana bir masalaga oydinlik kiritmoq lozim. Islom «ilm» deganda barcha ilmlarni koʻzda tutadi, hozirda baʼzi kishilar notoʻgʻri oʻylaganidek, faqat diniy ilmlarnigina emas. Demak, musulmonlar uchun dunyoviy ilmlarni-da mukammal egallash farzdir.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilarki, «Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Nofeʼ ibn Abdulhoris ismli kishini Makkaga voliy etib tayinlagan ekanlar. Uni Asafon nomli joyda uchratib qolib:

«Oʻrningga kimni rahbar qilib qoʻyib kelding?»–debdilar.

Nofeʼ quyidagicha javob qilibdi:

«Qullikdan ozod boʻlgan Ibni Abziy ismli kishini».

«Qullikdan ozod boʻlgan kishini deysanmi?»–deb soʻrabdilar hazrati Umar.

«Ey, moʻminlarning amiri, u, oʻzi qori, meros ilmini ham biladi, qissalarini ham», debdi Nofeʼ.

Shunda hazrati Umar:

«Paygʻambaringiz «Albatta, Robbingiz bu kitob (Qurʼon) bilan baʼzi qavmlarning obroʻsini koʻtaradi, baʼzi birlarinikini esa tushiradi», deb aytmaganmidi», degan ekanlar.

Ulkan sahobiy Abdulloh ibn Masʼud har safar shu oyatni oʻqisalar, «Ey odamlar! Bu oyatni yaxshi anglanglar, u sizlarni ilmga targʻib qiladi», der ekanlar.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom oʻz hadislaridan birida: «Olimning obiddan (ibodatlidan) fazli, toʻlin oyning bosh- qa yulduzlardan ustunlik fazliga oʻxshaydi», deganlar.

Boshqa bir hadisda esa, «Olimning bir kunlik ibodati obidning qirq yillik ibodatiga teng», deyilgan.

Rasululloh alayhissalom yana bir hadislarida, «Qiyomat kuni uch toifa kishilar shafoat qiladilar. Bular–Paygʻambarlar, olimlar va shahidlar», deganlar.

Demak, bundan ayon boʻlyaptiki, olimlik Paygʻambarlik bilan shahidlik oʻrtasidagi martaba ekan.

Mashhur sahobalardan hazrati Abdulloh ibn Abbos bunday rivoyat qiladilar:

«Sulaymon alayhissalomga ilm, mol va mulkdan bittasini tanlash taklif qilinganda, ilmni tanladilar, uning sababidan molga ham, mulkka ham ega boʻldilar».

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom aytadilarki, «Ibrohim alayhissalomga Alloh vahiy yuborib: «Ey Ibrohim, men olimman va barcha olimlarni yaxshi koʻraman», dedi».

Ul zoti bobarakot boshqa bir hadislarida: «Kimki kichiklarimizga rahim qilmasa, kattalarimizni hurmat qilmasa va olimlarimizning haqqini bilmasa, bizdan emas», dedilar.

Afsuslar boʻlsinkim, insonlarni hidoyatga boshlovchi bu kabi Qurʼon oyatlari va hadisi shariflar mavjud boʻlsa ham, jamiyatimizda ilmning qadri yoʻq! Olimning oʻrni yoʻq! Shuning uchun ham, kishilar molu dunyo, mansabu boylik ortidan musobaqa qilishga ruju qoʻyishgan.

Endigi oyatlar musulmonlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan soʻzlashuv odoblarini oʻrgatish maqsadida nozil qilingan boʻlib, ul zotning qimmatli vaqtlarini bekor ketkazmaslikka chorlaydi.