QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят10

إِنَّمَا ٱلنَّجْوَىٰ مِنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ لِيَحْزُنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَيْسَ بِضَآرِّهِمْ شَيْـًٔا إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mo`minlar Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar.Албатта, иймонлиларни ранжитиш учун қилинган сирли суҳбат шайтондандур, Аллоҳнинг изни билан қилинган сирли суҳбатгина уларга ҳеч зарар етказмас. Мўминлар Аллоҳнинг Ўзига таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: (Yahudiy va munofiqlarning) oʻzaro shivir-shivirlari faqat shayton tomonidan boʻlib, iymon keltirgan zotlarni gʻamgin qilish uchundir. (Lekin) u Allohning izni-irodasisiz ularga biron ziyon yetkaza olguvchi emasdir. Bas, moʻminlar, yolgʻiz Allohgagina tavakkul qilsinlar — suyansinlar!(Яҳудий ва мунофиқларнинг) ўзаро шивир-шивирлари фақат шайтон томонидан бўлиб, иймон келтирган зотларни ғамгин қилиш учундир. (Лекин) у Аллоҳнинг изни-иродасисиз уларга бирон зиён етказа олгувчи эмасдир. Бас, мўминлар, ёлғиз Аллоҳгагина таваккул қилсинлар — суянсинлар!

543-sahifa · 28-juz · 55-hizb543-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلنَّجْوَىٰsirli suhbatсирли суҳбатمِنَ-dandur-дандурٱلشَّيْطَـٰنِshaytonшайтонلِيَحْزُنَranjitish uchunранжитиш учунٱلَّذِينَkishilarniкишиларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَلَيْسَva emasва эмасبِضَآرِّهِمْularga zarar yetkazuvchiуларга зарар етказувчиشَيْـًٔاhechҳечإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَعَلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohning OʻziАллоҳнинг Ўзиفَلْيَتَوَكَّلِtavakkal qilsinlarтаваккал қилсинларٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Odatda, ikkita-ikkita yoki koʻproq boʻlib olib, jamoatdan ajrab, pichir-pichir qilib gaplashish, uni koʻrib turganlar qalbiga shubha soladi. «Bizdan berkitib bular nimaningdir maslahatini qilishayotgan ekan», degan xayolga olib boradi. Buning ustiga, shayton: «Sening zararingga maslahat qilishyapti, boʻlmasa oshkora gapirishardi», deb vasvasa qiladi. Shunday qilib, qarabsizki, jamiyat aʼzolari ichida bir-biriga ishonchsizlik yuzaga keladi.

Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom oʻz hadislarida: «Agar uch kishi boʻlsalaringiz, ikkitangiz pichirlashib gaplashib, uchinchi birodaringizni chetda qoʻymang, albatta, bu narsa uni xafa qiladi», deganlar.

Boshqa bir hadisda uch kishidan ikkitasi pichirlashib maslahat qilishmoqchi boʻlishsa, uchinchi shaxsdan ruxsat soʻrashlari shart ekanligi uqtirib oʻtilgan.

Mashhur tafsirchilardan Imom Olusiy «Uchinchi shaxsning huzurida ikki kishi u bilmaydigan tilda soʻzlashishi mumkin emas», deganlar.

Odatda, yuqoridagi pichirlashib gaplashishlar turli yigʻin va majlislarda boʻladi. Shuning uchun, kelgusi oyatlar siz va bizga majlis odoblarini oʻrgatadi.