QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят9

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا تَنَـٰجَيْتُمْ فَلَا تَتَنَـٰجَوْا۟ بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَمَعْصِيَتِ ٱلرَّسُولِ وَتَنَـٰجَوْا۟ بِٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Payg`ambarga ma'siyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga to`planib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz.Эй, иймон келтирганлар! Қачон сирли суҳбат қилсангиз, гуноҳ, душманлик ва Пайғамбарга маъсиятга сирли суҳбат қилмангиз. Яхшилик ва тақвога сирли суҳбат қилингиз. Ҳузурига тўпланиб борадиганингиз Аллоҳга тақво қилингиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlar oʻzaro shivirlashib gaplashganlaringizda, gunoh va zoʻravonlik va paygʻambarga itoatsizlik qilish toʻgʻrisida shivirlashmanglar, (balki) yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar huzuriga toʻplanadigan Zot — Allohdan qoʻrqinglar!Эй мўминлар, сизлар ўзаро шивирлашиб гаплашганларингизда, гуноҳ ва зўравонлик ва пайғамбарга итоатсизлик қилиш тўғрисида шивирлашманглар, (балки) яхшилик ва тақво ҳақида шивирлашинглар ҳамда сизлар ҳузурига тўпланадиган Зот — Аллоҳдан қўрқинглар!

543-sahifa · 28-juz · 55-hizb543-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkishilarкишиларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِذَاqachonқачонتَنَـٰجَيْتُمْsirli suhbat qilsangizсирли суҳбат қилсангизفَلَاbas, emasбас, эмасتَتَنَـٰجَوْا۟sirli suhbat qilingizсирли суҳбат қилингизبِٱلْإِثْمِgunohgaгуноҳгаوَٱلْعُدْوَٰنِva dushmanlikkaва душманликкаوَمَعْصِيَتِva maʼsiyatgaва маъсиятгаٱلرَّسُولِPaygʻambargaПайғамбаргаوَتَنَـٰجَوْا۟va sirli suhbat qilingizва сирли суҳбат қилингизبِٱلْبِرِّyaxshilikkaяхшиликкаوَٱلتَّقْوَىٰ ۖva taqvogaва тақвогаوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilingizва тақво қилингизٱللَّهَAllohgaАллоҳгаٱلَّذِىٓU zotkiУ зоткиإِلَيْهِUning huzurigaУнинг ҳузуригаتُحْشَرُونَtoʻplanib borasizтўпланиб борасиз
TafsirТафсир

Demak, moʻmin-musulmonlar oʻzaro suhbatlarida doimo bir-birlarini yaxshilikka va taqvoga chorlashlari lozim ekan. Afsuski, hozir bu qurʼoniy taʼlimotlar bizning oramizdan yoʻqolgan. Oʻzaro suhbatlar yolgʻon, boʻhton, tuhmat va gʻiybatdan iborat boʻlib qolmoqda. Bu esa, musulmonlarning na odobiga, na shaʼniga toʻgʻri keladi.

Ushbu oyat tafsirida ulamolarimiz Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan quyidagi hadisni ham keltiradilar: Safvon ibn Mahroz aytadilarki: «Men Abdulloh ibn Umarning qoʻlidan ushlab ketayotgan edim, bir odam yoʻlni toʻsib chiqib:

«Paygʻambar alayhissalomdan qiyomat kunida najva (sirli suhbat) haqida nima eshitgansiz?»–dedi. Abdulloh ibn Umar:

«Rasululloh alayhissalomdan quyidagilarni eshitganman, u zot aytdilarki: «Alloh moʻmin bandani oʻziga yaqinlashtirib, uni bagʻriga bosadi va odamlardan toʻsadi-da, najva qilib sirli gaplashadi. Gunohlariga iqror qildiradi. «Bu gunohingni bilasanmi? Mana bu gunohingni bilasanmi? Bunisini-chi?» deydi. Toki banda gunohlariga iqror boʻlib, endi halok boʻldim, deganida, Alloh «Bu gunohlaringni yorugʻ dunyoda berkitgan edim, bugun esa magʻfirat qilaman», deydi. Soʻngra unga yaxshiliklari kitobini beradi. Ammo kofir va munofiqlarga qarab: «Guvohlar, manavilar oʻz Robbilariga yolgʻon gaplarni aytganlar. Zolimlarga Allohning laʼnati boʻlsin», deydi».

Albatta, Paygʻambarimizning hayotlik davrlaridagi har bir soʻzlari, har bir harakatlari biz uchun katta bir dasturdir. Chunki, Rasululloh jaholat va razolat botqogʻidagi bir xalqni bor- yoʻgʻi yigirma uch yil davomida saodatga erishtirib ketdilar. Ul zoti bobarakot ana shunday qisqa bir davrda oʻz sahobalarini shunday bir oydin yoʻlga soldilarki, bu yoʻl boshidagi manzilga oradan 1400 yil oʻtsa hamki, hech bir zot yetolgani yoʻq. Holbuki, bu manzilga yetishning oʻzi boʻlmaydi. Chunki, u manzildagi taqvodorlar, yaxshi xulqli bandalar oxiratda mehmon boʻladilar. Demak, bu oydin yoʻl sizu biz bandalarni saodatga erishtiradigan oxirat yoʻlidir.

Afsus... Afsuslar boʻlsinkim, bugungi kunga kelib bu saodat yoʻlidan koʻplar ortga qaytmoqda. Shayton vasvasasi ustun kelib, malomat va razolat botqoqlari sari yana qadam tashlanyapti. Hozir qay bir davraga bormang, haq soʻzdan botil soʻzlar ustun; gʻiybat, malomat... Axir, bu hol Allohning rahmatidan yuz oʻgirish-ku?!