QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят17

لَّن تُغْنِىَ عَنْهُمْ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُهُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas. Ana o`shalar do`zax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.Моллари ҳам, болалари ҳам улардан Аллоҳ(азоби)дан ҳеч нарсани қайтара олмас. Ана ўшалар дўзах аҳлидурлар. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh tomonidan (boʻladigan) biron narsani-azobni ulardan dafʼ qila olmas. Ular doʻzax egalaridir. Ular, oʻsha joyda mangu qolguvchidirlar!Уларнинг моллари ҳам, болалари ҳам Аллоҳ томонидан (бўладиган) бирон нарсани-азобни улардан дафъ қила олмас. Улар дўзах эгаларидир. Улар, ўша жойда мангу қолгувчидирлар!

544-sahifa · 28-juz · 55-hizb544-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّنhargiz emasҳаргиз эмасتُغْنِىَqaytara olurқайтара олурعَنْهُمْulardanуларданأَمْوَٰلُهُمْmollariмоллариوَلَآva emasва эмасأَوْلَـٰدُهُمbolalariболалариمِّنَ-dan-данٱللَّهِAlloh(azobi)Аллоҳ(азоби)شَيْـًٔا ۚhech narsaniҳеч нарсаниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларأَصْحَـٰبُahlidurlarаҳлидурларٱلنَّارِ ۖdoʻzaxдўзахهُمْularуларفِيهَاundaундаخَـٰلِدُونَabadiy qolurlarабадий қолурлар
TafsirТафсир

Munofiqlar hayoti dunyoda turli aldamchiliklar qilib, yolgʻon qasamlar ichib oʻz ishlarini bitirib yurishlari mumkin. Ammo ertaga Allohning huzuriga borganda hol boshqacha boʻladi.

«Mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan hech narsani qaytara olmas.»

Agar bu dunyoda goh mollarini, goh bolalarini oraga solib tang holatlardan qutulib ketayotgan boʻlsalar, u dunyoda bundoq qila olmaydilar. Ularning mollari ham, bolalari ham Alloh taolodan boʻladigan azobdan zarrachasini ham qaytara olmaydilar.

«Ana oʻshalar doʻzax ahlidurlar. Ular unda abadiy qolurlar.»

Bu esa, ularning bu dunyoda qilgan ishlarining munosib jazosidir.