يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا فَيَحْلِفُونَ لَهُۥ كَمَا يَحْلِفُونَ لَكُمْ ۖ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ ۚ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلْكَـٰذِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb o`ylarlar. Ayo, ogoh bo`ling, ular, ha, ular yolg`onchidirlar.Аллоҳ уларнинг барчасини қайта тирилтирадиган кунда, худди сизларга қасам ичганларидек, Унга ҳам қасам ичарлар, ва бирор нарсага эришамиз, деб ўйларлар. Аё, огоҳ бўлинг, улар, ҳа, улар ёлғончидирлар.Alauddin Mansour: U Kunda (yaʼni, Qiyomatda) Alloh ularning barchalarini qayta tiriltirib, ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U zotga ham qasam ichurlar va oʻzlarini (shu yolgʻon qasamlari sababli) biron (foyda) ustida deb hisoblarlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta ular gʻirt yolgʻonchi kimsalardir!У Кунда (яъни, Қиёматда) Аллоҳ уларнинг барчаларини қайта тирилтириб, улар худди сизларга қасам ичаётганларидек, У зотга ҳам қасам ичурлар ва ўзларини (шу ёлғон қасамлари сабабли) бирон (фойда) устида деб ҳисобларлар. Огоҳ бўлингизким, албатта улар ғирт ёлғончи кимсалардир!
Munofiqlar bu dunyoda koʻp qasam ichib, odamlarni aldab kun koʻrib yurganlari kabi, qiyomatda ham oʻz odatlarini ishga solib, Alloh huzurida ham (qutulish uchun) yolgʻon qasam ichadilar.
«Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb oʻylarlar.»
Lekin u yerda yolgʻiz Alloh taoloning Oʻzi hokim. Qiyomat kunining podshosini aldab boʻlmaydi. Shu sababli, munofiqlar oʻsha kunda sharmandai sharmisor boʻladilar. Oʻzlari oʻylagan narsalardan birortasiga ham erisha olmaydilar.
«Ayo, ogoh boʻling, ular, ha, ular yolgʻonchidirlar.»
Ha, musulmonlar doimo munofiqlardan ogoh boʻlishlari, ularning igʻvolariga aldanib qolmasliklari lozim.
Ushbu oyatning tushish sababi xususida ulamolarimiz Abdulloh ibn Abbosdan quyidagi qissani rivoyat qiladilar:
«Paygʻambar alayhissalom oʻz hujralaridan birining soyasida musulmonlar bilan suhbatlashib oʻtirardilar. Soya ozayib qolgan paytda u zot: «Hozir bir inson kelib, sizlarga shayton koʻzi bilan qaraydi. Kelganda u bilan gaplashmanglar», dedilar. Bir oz oʻtib rangi xunuk bir kishi keldi. Paygʻambar alayhissalom uni oʻzlari chaqirdilar va «Nima uchun sen, falonchi va falonchilar meni soʻkdilaring», deb ularning ham ismlarini aytdilar. Haligi odam qaytib ketdi va sheriklarini chaqirib keldi. Ular «Sizni soʻkkanimiz yoʻq», deb qasam ichdilar va uzr aytdilar. Alloh ularning yolgʻonchiliklarini fosh qilib «fa yaxlifuna lahu» oyatini tushirdi».
Hozirgi oʻrganadiganimiz oyati karima esa, munofiqlar oʻzlarini nega bunday tutganlarining asosiy sababini fosh qiladi.