ٱسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ فَأَنسَىٰهُمْ ذِكْرَ ٱللَّهِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ حِزْبُ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱلشَّيْطَـٰنِ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, shayton firqasidagilar, ha, o`shalar yutqazuvchidirlar.Шайтон уларни эгаллаб олган ва Аллоҳнинг зикрини унуттирган. Ундоқ кишилар шайтон фирқасидандирлар. Аё, огоҳ бўлинглар, шайтон фирқасидагилар, ҳа, ўшалар ютқазувчидирлар.Alauddin Mansour: Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttirdi. Ana oʻshalar shayton hizbi-guruhidirlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta shayton hizbi (boʻlgan kimsalargina) ziyon koʻrguvchilardir.Уларни шайтон эгаллаб олиб, уларга Аллоҳни эслашни унуттирди. Ана ўшалар шайтон ҳизби-гуруҳидирлар. Огоҳ бўлингизким, албатта шайтон ҳизби (бўлган кимсаларгина) зиён кўргувчилардир.
Ulamolarimizdan Shoh Kirmaniy bandani shayton egallab olishi qanday boʻlishini bunday taʼriflaydilar:
«Bandani shayton egallab olishining alomati shulki, uni sirtini yaltiroq qilish bilan mashgʻul qilib qoʻyadi. Yaxshi yeyish, yaxshi ichimlik ichish, yaxshi liboslar kiyishga urintirib, Allohning neʼmatlariga shukr keltirishdan chalgʻitadi. Tilida yolgʻon, boʻhton va gʻiybatni gapiradi-yu, Allohning zikrini unutadi. Aqlini dunyoni jamlashga va uning tadbirini qilishga ishlatadi-yu, tafakkurni unutadi».
«Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan.»
Shayton munofiqlarni jilovlab, ustlariga minib, egallab olgan. Ular shaytonning gapiga kirib, Allohning zikrini unutganlar.
«Undoq kishilar, shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh boʻlinglar, shayton firqasidagilar, ha, oʻshalar yutqazuvchidirlar.»
Shuning uchun, zinhor va zinhor shaytonga malay boʻlmaslik kerak.