QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mujadilah surasi · Oyatсураси · Оят22

لَّا تَجِدُ قَوْمًا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ يُوَآدُّونَ مَنْ حَآدَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَوْ كَانُوٓا۟ ءَابَآءَهُمْ أَوْ أَبْنَآءَهُمْ أَوْ إِخْوَٰنَهُمْ أَوْ عَشِيرَتَهُمْ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ كَتَبَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْإِيمَـٰنَ وَأَيَّدَهُم بِرُوحٍ مِّنْهُ ۖ وَيُدْخِلُهُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا۟ عَنْهُ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ حِزْبُ ٱللَّهِ ۚ أَلَآ إِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga do`stlik qilganlarini topmassan. Hatto, u(dushman)lar o`z otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari bo`lsa ham. Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni O`z huzuridan bir ruh bilan qo`llagandir. Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`lur. Ular Allohdan rozi bo`lurlar. Unday kishilar Allohning firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирган қавмнинг Аллоҳ ва Унинг Расулига душманлик қилувчиларга дўстлик қилганларини топмассан. Ҳатто, у(душман)лар ўз оталари, болалари, ака-укалари ёки қариндошлари бўлса ҳам. Аллоҳ ундоқ кишиларнинг қалбларида иймонни собит қилган, уларни Ўз ҳузуридан бир руҳ билан қўллагандир. Ва уларни остидан сувлар оқиб турган жаннатларга киритур. Улар унда абадий қолурлар. Аллоҳ улардан рози бўлур. Улар Аллоҳдан рози бўлурлар. Ундай кишилар Аллоҳнинг фирқасидандирлар. Аё, огоҳ бўлинглар, албатта, Аллоҳнинг фирқасидагилар, ҳа, ўшалар ютувчилардир.Alauddin Mansour: Allohga va Oxirat kuniga iymon keltiradigan qavmning Alloh va Uning paygʻambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar bilan — garchi ular oʻzlarining otalari, yoki oʻgʻillari, yoki ogʻa-inilari, yoki qarindosh-urugʻlari boʻlsalar-da, doʻstlashayotganlarini topmassiz. Ana oʻshalarning dillariga (Alloh) iymonni bitib qoʻygandir va ularni Oʻz tomonidan boʻlgan Ruh — Qurʼon bilan quvvatlantirgandir. U zot ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi boʻldi va ular ham (Allohdan — U zot bergan ajr-mukofotlardan) rozi boʻldilar. Ana oʻshalar Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlingizkim, albatta Allohning hizbi (boʻlgan zotlargina) najot topguvchidirlar!Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирадиган қавмнинг Аллоҳ ва Унинг пайғамбари чизган чизиқдан чиққан кимсалар билан — гарчи улар ўзларининг оталари, ёки ўғиллари, ёки оға-инилари, ёки қариндош-уруғлари бўлсалар-да, дўстлашаётганларини топмассиз. Ана ўшаларнинг дилларига (Аллоҳ) иймонни битиб қўйгандир ва уларни Ўз томонидан бўлган Руҳ — Қуръон билан қувватлантиргандир. У зот уларни остидан дарёлар оқиб турадиган, улар мангу қоладиган жаннатларга киритур. Аллоҳ улардан рози бўлди ва улар ҳам (Аллоҳдан — У зот берган ажр-мукофотлардан) рози бўлдилар. Ана ўшалар Аллоҳнинг ҳизбидирлар. Огоҳ бўлингизким, албатта Аллоҳнинг ҳизби (бўлган зотларгина) нажот топгувчидирлар!

545-sahifa · 28-juz · 55-hizb545-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасتَجِدُtopasanтопасанقَوْمًۭاqavmniқавмниيُؤْمِنُونَiymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِoxiratохиратيُوَآدُّونَdoʻstlik qilganlariniдўстлик қилганлариниمَنْkimsalargaкимсаларгаحَآدَّdushmanlik qilganдушманлик қилганٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَلَوْhatto boʻlsa hamҳатто бўлса ҳамكَانُوٓا۟ular ersalarулар эрсаларءَابَآءَهُمْoʻz otalariўз оталариأَوْyokiёкиأَبْنَآءَهُمْbolalariболалариأَوْyokiёкиإِخْوَٰنَهُمْaka-ukalariака-укалариأَوْyokiёкиعَشِيرَتَهُمْ ۚqarindoshlariқариндошлариأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларكَتَبَsobit qilganсобит қилганفِى-da-даقُلُوبِهِمُqalblaridaқалбларидаٱلْإِيمَـٰنَiymonniиймонниوَأَيَّدَهُمva ularni qoʻllaganва уларни қўллаганبِرُوحٍۢbir ruh bilanбир руҳ биланمِّنْهُ ۖOʻz huzuridanЎз ҳузуриданوَيُدْخِلُهُمْva ularni kiritadirва уларни киритадирجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُsuvlarсувларخَـٰلِدِينَabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚundaундаرَضِىَrozi boʻldiрози бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳعَنْهُمْulardanуларданوَرَضُوا۟va rozi boʻldilarва рози бўлдиларعَنْهُ ۚUndanУнданأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларحِزْبُfirqasidirlarфирқасидирларٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингأَلَآayo, ogoh boʻlinglarаё, огоҳ бўлингларإِنَّalbattaалбаттаحِزْبَfirqasiфирқасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингهُمُha, oʻshalarҳа, ўшаларٱلْمُفْلِحُونَyutuvchilardirютувчилардир
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu oyatda insonlar orasidagi doʻstlik-valiylik rishtalari iymon asosida boʻlishi zarurligini alohida taʼkidlamoqda. Iymon yaqinligini qon-qardoshlik–tugʻishganlik rishtasidan ham ustun qoʻymoqda.

«Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga doʻstlik qilganlarini topmassan.»

Yaʼni, qaysi bir odam oʻzini Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan moʻmin-musulmonlardan hisoblasa, u hech qachon Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilarga doʻstlik qilmasligi shart.

«Hatto, u(dushman)lar oʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham.»

Moʻmin-musulmon odam Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchi shaxslaroʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham, ularni oʻzlariga aslo doʻst tutmaydi. Moʻmin-musulmon odam uchun, Allohning doʻsti doʻst, Allohning dushmani dushman.

«Alloh undoq kishilarning qalblarida iymonni sobit qilgan, ularni Oʻz huzuridan bir ruh bilan qoʻllagandir.»

Yaʼni, Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchi kimsalaroʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham, ularni oʻzlariga aslo doʻst tutmaydigan moʻmin-musulmon odamni Alloh taoloning oʻzi har jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Avvalo, uning qalbida iymonni sobit qiladi, uni Oʻz huzuridan bir ruh bilan qoʻllaydi. Binobarin, bu dunyoda ularning qalblarida iymon doimo mustahkam boʻladi va ularni Alloh taolo doimo oʻz nusrati ila qoʻllabquvvatlab turadi. Oxiratda esa:

«Va ularni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular unda abadiy qolurlar».

Bu, albatta, ularning bu dunyoda keltirgan iymonlari va qilgan solih amallari, jumladan, Alloh va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchi shaxslaroʻz otalari, bolalari, aka-ukalari yoki qarindoshlari boʻlsa ham, ularni oʻzlariga aslo doʻst tutmaganlari mukofotidir.

«Alloh ulardan rozi boʻlur. Ular Allohdan rozi boʻlurlar.»

Allohning rizoligini topish... Shu birgina gap zamirida inson zotining bu dunyoyu u dunyolik holati jamlangan. Kimki yakkayu yagona Robbimiz rizoligini topmas ekan, mabodo, U zot uning iymonini saqlab qolmas ekan, bu bechoraning sinov dunyodagi omonat umri aldanish bilan, oxiratda esa, faqat azobga duchor boʻlish bilan intiho topadi.

Ha, iymonda hikmat koʻp. Kimningki iymoni but, bilingki, uning bu dunyosi farovon, oxirati oboddir.

«Unday kishilar Allohning firqasidandirlar.»

Albatta, shaytonning firqasidan emaslar.

«Ayo, ogoh boʻlinglar, albatta, Allohning firqasidagilar, ha, oʻshalar yutuvchilardir.»

Bas, har bir inson Allohning firqasidan boʻlishga harakat qilsin! Boshqa gap yoʻq!