QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят1

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziyz va hikmatli Zotdir.Осмонлардагию ердаги барча нарсалар Аллоҳни поклаб ёд этди. У зот азийз ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytdi. U qudrat va hikmat Sohibidir.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Аллоҳга тасбеҳ айтди. У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.

545-sahifa · 28-juz · 55-hizb545-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَبَّحَpoklab yod etdiпоклаб ёд этдиلِلَّهِAllohniАллоҳниمَاbarcha narsalarбарча нарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَمَاva narsalarва нарсаларفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِ ۖyerерوَهُوَva U zotва У зотٱلْعَزِيزُazizазизٱلْحَكِيمُhikmatli Zotdirҳикматли Зотдир
TafsirТафсир

Oyatning boshlanishida kelgan, poklab yod etdi, deb tarjima qilingan «sabbaha» soʻzida bir necha maʼno mujassamlashgan. Jumladan, ulugʻlash, poklash va barcha nuqsonlardan xoli deb yodga olish maʼnolari bor. Bu oyat dunyodagi barcha narsalar Allohga tasbih aytishini taʼkidlamoqda. Boshqa bir oyatda esa, barcha narsalar Allohga tasbih aytishi, lekin biz ularning tasbihini tushunmasligimiz zikr qilinadi.

«Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi.»

Oyatning oxirida Allohning azizlik (gʻoliblik) va hakimlik (har bir ishni hikmat bilan qilish) sifati zikr qilinadi.

«U zot aziyz va hikmatli Zotdir.»

Kelasi oyatda Allohning azizligi va hakimligiga namuna boʻlgan ishi bayon etilgan.