QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят2

هُوَ ٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ مِن دِيَـٰرِهِمْ لِأَوَّلِ ٱلْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنتُمْ أَن يَخْرُجُوا۟ ۖ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمْ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا۟ ۖ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِى ٱلْمُؤْمِنِينَ فَٱعْتَبِرُوا۟ يَـٰٓأُو۟لِى ٱلْأَبْصَـٰرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot ahli kitobdan bo`lgan kofirlarni o`z diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb o`ylamagan edingiz. O`zlari ham, qo`rg`onimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb o`ylashardi. Alloh ular o`ylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qo`rqinch soldi. Uylarini o`z qo`llari bilan va mo`minlarning qo`llari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari!У зот аҳли китобдан бўлган кофирларни ўз диёрларидан биринчи ҳашр учун чиқарган Зотдир. Уларни чиқар деб ўйламаган эдингиз. Ўзлари ҳам, қўрғонимиз бизни Аллоҳ(азоби)дан сақлаб қолур, деб ўйлашарди. Аллоҳ улар ўйламаган тарафдан олди ва уларнинг қалбига қўрқинч солди. Уйларини ўз қўллари билан ва мўминларнинг қўллари билан буза бошладилар. Ибрат олинг, эй, ақл эгалари!Alauddin Mansour: U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir boʻlgan kimsalarni birinchi toʻplashdayoq oʻz diyorlaridan haydab chiqargan Zotdir. (Ey moʻminlar), sizlar ularning chiqib ketishlarini oʻylagan ham emas edingiz. Ular ham oʻzlarining qoʻrgʻon-qalʼalarini Alloh(ning azobidan) toʻsguvchi deb oʻylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi) ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qoʻrqinch soldi. Ular uylarini oʻz qoʻllari va moʻminlarning qoʻllari bilan buzurlar. Bas, ey aql egalari, (ularning ahvolidan) ibrat olingiz!У аҳли китоблардан (яҳудийлардан) кофир бўлган кимсаларни биринчи тўплашдаёқ ўз диёрларидан ҳайдаб чиқарган Зотдир. (Эй мўминлар), сизлар уларнинг чиқиб кетишларини ўйлаган ҳам эмас эдингиз. Улар ҳам ўзларининг қўрғон-қалъаларини Аллоҳ(нинг азобидан) тўсгувчи деб ўйлаган эдилар. Бас, Аллоҳ(нинг азоби) улар ҳисобга олмаган томондан келди ва дилларига қўрқинч солди. Улар уйларини ўз қўллари ва мўминларнинг қўллари билан бузурлар. Бас, эй ақл эгалари, (уларнинг аҳволидан) ибрат олингиз!

545-sahifa · 28-juz · 55-hizb545-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَU zotУ зотٱلَّذِىٓshunday Zotkiшундай Зоткиأَخْرَجَchiqardiчиқардиٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобمِن-dan-данدِيَـٰرِهِمْoʻz diyorlariўз диёрлариلِأَوَّلِbirinchi uchunбиринчи учунٱلْحَشْرِ ۚhashrҳашрمَاemasэмасظَنَنتُمْoʻylagan edingizўйлаган эдингизأَنdebдебيَخْرُجُوا۟ ۖular chiqadiулар чиқадиوَظَنُّوٓا۟va ular oʻylashdiва улар ўйлашдиأَنَّهُمalbatta, ularалбатта, уларمَّانِعَتُهُمْularni saqlab qoladiуларни сақлаб қоладиحُصُونُهُمqoʻrgʻonlariқўрғонлариمِّنَ-dan-данٱللَّهِAlloh (azobi)Аллоҳ (азоби)فَأَتَىٰهُمُbas, ularga keldiбас, уларга келдиٱللَّهُAllohАллоҳمِنْ-dan-данحَيْثُtarafтарафلَمْemasэмасيَحْتَسِبُوا۟ ۖular oʻylaganулар ўйлаганوَقَذَفَva soldiва солдиفِىichigaичигаقُلُوبِهِمُularning qalblariуларнинг қалблариٱلرُّعْبَ ۚqoʻrqinchқўрқинчيُخْرِبُونَbuza boshladilarбуза бошладиларبُيُوتَهُمuylariniуйлариниبِأَيْدِيهِمْoʻz qoʻllari bilanўз қўллари биланوَأَيْدِىva qoʻllari bilanва қўллари биланٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarningмўминларнингفَٱعْتَبِرُوا۟bas, ibrat olingбас, ибрат олингيَـٰٓأُو۟لِىey egalariэй эгалариٱلْأَبْصَـٰرِaql (basirat)ақл (басират)
TafsirТафсир

Allohning aziyz–barchadan gʻolibligi va hakiym–barcha narsani hikmat ila qilishini quyidagi holat va hadisadan ham bilib olsa boʻladi.

«U zot, ahli kitobdan boʻlgan kofirlarni oʻz diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir.»

Yaʼni, Alloh taolo ahli kitobdan boʻlgan kofirlarni–Bani Nazir qabilasiga mansub yahudiylarni oʻz diyorlari Yasribdan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. (Keyinroq, hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ular ikkinchi bor hashr(chiqarish)ga duchor boʻlganlar.)

Ey moʻminlar!

«Ularni chiqar deb oʻylamagan edingiz.»

Chunki, inson oʻlchovi boʻyicha barcha shart-sharoit shuni taqozo qilardi. Yahudiylar oʻziga yarasha kuch-quvvatga, obroʻga va imkoniyatlarga ega edilar. Hech kim ularni, yashab turgan joylarini tashlab chiqib ketadilar, deb oʻylamas edi.

«Oʻzlari ham, qoʻrgʻonimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb oʻylashardi.»

Oʻsha bani nazirlik yahudiylarning oʻzlari ham chiqib ketishlarini hech xayollariga keltirmagan edilar. Ular, oʻzlaricha, qoʻrgʻonimiz bizni Allohning azobidan saqlab qoladi, deb xomxayol qilishardi.

«Alloh ular oʻylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qoʻrqinch soldi.»

Yahudiylar qoʻrgʻonlariga ishonib, bizga hech qanday yomonlik yetishi mumkin emas deb, xotirlari jam edi. Lekin Alloh taolo ular oʻylamagan, xayollariga kelmagan ishni joriy etdi. Qoʻrgʻonlar joyida qolib, yahudiylarning qalblaridan futur ketdi. Alloh ularning qalblariga qoʻrqinch va vahima soldi. Ana shunda ular,

«Uylarini oʻz qoʻllari bilan va moʻminlarning qoʻllari bilan buza boshladilar».

Yahudiylar, biz koʻchib ketsak, bu qoʻrgʻonlar musulmonlarga qolmasin, deya uylarini oʻzlari buza boshladilar. Musulmonlar qamal davomida binolarga tashqaridan futur yetkazdilar. Oqibatda mustahkam qoʻrgʻonlar vayron boʻldi.

«Ibrat oling, ey, aql egalari!»

Bu voqea aqli bor har bir kishiga oʻrnak boʻlarlik bir ogohlantirishdir.

Demak, bandasi qanchalik xomxayol qilmasin, Alloh taoloning buyurgani boʻladi.