وَلَوْلَآ أَن كَتَبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمُ ٱلْجَلَآءَ لَعَذَّبَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابُ ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mabodo, Alloh ularga ko`chishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi. Va ularga oxiratda do`zax azobi bordur.Мабодо, Аллоҳ уларга кўчишни ёзмаганда ҳам, бу дунёда уларни азоблар эди. Ва уларга охиратда дўзах азоби бордур.Alauddin Mansour: Agar Alloh ularga surgunni yozmaganida, albatta ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asirlik bilan) azoblagan boʻlur edi. Ular uchun Oxiratda doʻzax azobi ham bordir.Агар Аллоҳ уларга сургунни ёзмаганида, албатта уларни мана шу дунёда (қатл қилиш ёки асирлик билан) азоблаган бўлур эди. Улар учун Охиратда дўзах азоби ҳам бордир.
Mazkur yahudiylar baribir azobga giriftor boʻlishlari kerak edi.
«Mabodo, Alloh ularga koʻchishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi.»
Ularni bu dunyoning oʻzida azoblashni Alloh taoloning Oʻzi iroda qilgan edi.
«Va ularga oxiratda doʻzax azobi bordur.»
Yahudiylarning oxiratda bu dunyoda qilgan gunoh amallariga yarasha jazo olishi muqarrar. Ularning koʻchirilishi esa, nisbatan yengil azobdir.
Xoʻsh, nimaga ular bunday azoblarga duchor boʻldilar? Bu savolga navbatdagi oyatda javob keladi.