ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۖ وَمَن يُشَآقِّ ٱللَّهَ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unday bo`lishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir.Ундай бўлиши улар Аллоҳга ва Унинг Расулига хилоф қилганлари учундир. Кимки Аллоҳга хилоф қилса (унутмасинки), бас, албатта, Аллоҳ азоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: Bunga sabab, ularning Alloh va Uning paygʻambariga qarshi turganlaridir. Kimki Allohga qarshi tursa, bas, albatta Allohning jazosi qattiqdir.Бунга сабаб, уларнинг Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига қарши турганларидир. Кимки Аллоҳга қарши турса, бас, албатта Аллоҳнинг жазоси қаттиқдир.
Bani Nazir yahudiylarining bu dunyoda vatangadolik azobiga, u dunyoda doʻzax azobiga giriftor boʻlishlariga ularning Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari sababdir. Umumiy qoida boʻyicha esa,
«Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), Alloh azobi zoʻr Zotdir».
Mana, Bani Nazir yahudiylari bu qoidani unutib, Allohga xilof qilgan edilar, kunlarini koʻrdilar.
Bani Nazir qamali paytida Paygʻambar alayhissalom farmonlari bilan musulmonlar yahudiylarning baʼzi xurmo daraxtlarini kesdilar. Shunda yahudiylar: «Ey Muhammad! Sen oʻzing buzgʻunchilikdan qaytarar eding, kim shunday ishni qilsa, ayblarding. Xurmoni kesish yaxshi ishmi?»–dedilar. Bu gap Paygʻambar alayhissalomga ogʻir botdi. Sahobai kiromlar va bu yerda hozir boʻlgan musulmonlar xafa boʻlishsa-da, ichlarida, fasod ishni qilib qoʻyibmiz-ku, deya nadomatlar chekishdi. Shunda Alloh taolo haqiqatni bayon qilib, quyidagi oyatni tushirdi: