QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят5

مَا قَطَعْتُم مِّن لِّينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَآئِمَةً عَلَىٰٓ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيُخْزِىَ ٱلْفَـٰسِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzg`unchilarni xorlashi uchun bo`ldi.Сизнинг хурмони кесганингиз ёки аслида тик қолдирганингиз, фақат, Аллоҳнинг изни билан ва бузғунчиларни хорлаши учун бўлди.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), sizlar (Banu Naziyr xurmozorlaridan) biron xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki uni oʻz poyasida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (sizlar qilgan har bir ish) Allohning izni-irodasi bilan va u fosiq-itoatsiz kimsalarni rasvo qilish uchun (boʻldi).(Эй мўминлар), сизлар (Бану Назийр хурмозорларидан) бирон хурмо дарахтини кесдингларми ёки уни ўз поясида турган ҳолида қолдирдингларми, бас, (сизлар қилган ҳар бир иш) Аллоҳнинг изни-иродаси билан ва у фосиқ-итоатсиз кимсаларни расво қилиш учун (бўлди).

546-sahifa · 28-juz · 55-hizb546-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاnimaikiнимаикиقَطَعْتُمkesgan boʻlsangizкесган бўлсангизمِّن-dan-данلِّينَةٍxurmo (yaxshi nav)хурмо (яхши нав)أَوْyokiёкиتَرَكْتُمُوهَاuni qoldirgan boʻlsangizуни қолдирган бўлсангизقَآئِمَةًtikтикعَلَىٰٓustidaустидаأُصُولِهَاoʻz tomirlariўз томирлариفَبِإِذْنِbas, izni bilanбас, изни биланٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلِيُخْزِىَva xorlashi uchunва хорлаши учунٱلْفَـٰسِقِينَbuzgʻunchilarniбузғунчиларни
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda moʻmin-musulmon bandalariga xitob qilib, yahudiylarning xurmolarni kesib tashlash toʻgʻrisidagi gaplariga siqilmasliklari lozimligini bayon qilmoqda. Paygʻambarimiz alay- hissalom boshliq musulmonlar Bani Nazir yahudiylari bilan boʻlgan toʻqnashuvda biror xurmoni kesgan yoki kesmay qoldirgan boʻlsalar, faqat, Allohning izni bilan va U zot buzgʻunchilarni xorlashi uchun boʻldi.

Islom shariatida urush paytida ham oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirish qatʼiyan manʼ qilinadi. Bu boqiy hukmdir. Lekin Bani Nazir hodisasida Alloh taoloning Oʻzi ularning baʼzi xurmo daraxtlarini kesib oʻt qoʻyishga izn bergan. Bizningcha, buning bir necha sabablari bor.

Birinchidan, asosiy maqsad ularning xurmolarini kesish emas edi. Shu tufayli ham daraxtlarning koʻp qismiga zarar yetkazilmadi.

Ikkinchidan, bu ish ularni qoʻrqitish uchun qilindi. Bitta-ikkita xurmosi kesilib oʻt qoʻyilgach, ular qoʻrqib, xavotirga tusha boshladilar.

Uchinchidan, bu ishdan yana bir koʻzlangan maqsad, ularni koʻchirib yuborish edi. Agar shunday qilinmaganda ular yashab turgan joylarini sira ham tark etmasdilar.

Toʻrtinchidan, bu usul hozirgi kunda ham raqiblarning bir-biriga ishlatayotgan iqtisodiy qamal uslubidir.

Beshinchidan, buzgʻunchi qabilani xorlash, hasrat-nadomatga solish yoʻli edi bu. Natijada, ular: «Attang yaxshi xurmo edi», deb hasrat cheka boshlashdi. Shaharni tark etayotganda, kesilmay qolgan xurmolarga qarab: «Attang, qanday yaxshi xurmolar musulmonlarga qolib ketdi-ya», deb yana bir bor hasrat qilishdi.

Xullas kalom, Alloh taolo daraxtlarni kesishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning koʻngillariga solganda, bu ishda ana shunday asosli hikmatlar jam qilingan edi.

Suraga yozilgan muqaddimada, qamalning oxirida Bani Nazir qabilasi aʼzolari Paygʻambar alayhissalom ruxsatlari bilan qurol-aslahadan mustasno bir tuyaga yuk boʻladigan mol-mulklarini olib koʻchib ketishganini aytgan edik. Qolgan mol-mulklariga nima boʻlgan, degan savol tugʻilishi tabiiy. Bu savol oʻsha paytdagi qamal ishtirokchilarida ham paydo boʻlgan. Gʻazotlarda musulmonlar kuch ishlatib, urush qilib, dushmanning mol-mulkiga ega boʻlsalar, u «gʻanimat»– «oʻlja» deb atalardi. Bunday oʻljaning beshdan toʻrt qismi jangchilarga boʻlib berilardi. Qolgan bir qismi esa, Alloh rizoligi uchun, Paygʻambar alayhissalomga va ul zotning yaqin qarindoshlariga, yetimlar, miskinlar va vatangadolarga taqsim qilinardi. Buni hamma bilardi. Ammo Bani Nazirning mol-mulki hech qanday urushsiz, qiyinchiliksiz qoʻlga oʻtdi. Endi nima qilish kerak? Bu savolga ham Alloh taoloning Oʻzi quyidagi oyat orqali javob yubordi: