QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят6

وَمَآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْهُمْ فَمَآ أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُۥ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh O`z Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh O`z Payg`ambarini, kimning ustidan xohlasa, g`olib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir.Аллоҳ Ўз Расулига улардан қайтариб берган нарсага сизлар от ёки туя чоптириб бормадингиз. Лекин Аллоҳ Ўз Пайғамбарини, кимнинг устидан хоҳласа, ғолиб қилади. Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Alloh Oʻz paygʻambariga ulardan oʻlja qilib bergan narsalarning ustiga sizlar otu tuyalarni oʻynatib-choptirib borganlaringiz yoʻq (yaʼni, u oʻljalarni sizlar qiynalib, mashaqqat chekib, jang-jadal bilan qoʻlga kiritganlaringiz yoʻq), lekin Alloh Oʻz paygʻambarlarini Oʻzi xohlagan kimsalardan (mana shunday) ustun qilib qoʻyur. Alloh barcha narsaga qodirdir.Аллоҳ Ўз пайғамбарига улардан ўлжа қилиб берган нарсаларнинг устига сизлар оту туяларни ўйнатиб-чоптириб борганларингиз йўқ (яъни, у ўлжаларни сизлар қийналиб, машаққат чекиб, жанг-жадал билан қўлга киритганларингиз йўқ), лекин Аллоҳ Ўз пайғамбарларини Ўзи хоҳлаган кимсалардан (мана шундай) устун қилиб қўюр. Аллоҳ барча нарсага қодирдир.

546-sahifa · 28-juz · 55-hizb546-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva nimaikiва нимаикиأَفَآءَqaytarib berganқайтариб берганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаرَسُولِهِۦOʻz RasuliЎз Расулиمِنْهُمْulardanуларданفَمَآbas, emasбас, эмасأَوْجَفْتُمْchoptirib bordingizчоптириб бордингизعَلَيْهِuning uchunунинг учунمِنْ-dan-данخَيْلٍۢotотوَلَاva naва наرِكَابٍۢtuyaтуяوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳيُسَلِّطُgʻolib qiladirғолиб қиладирرُسُلَهُۥOʻz PaygʻambarlariniЎз Пайғамбарлариниعَلَىٰustidanустиданمَنkimsaкимсаيَشَآءُ ۚxohlaganхоҳлаганوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaнарсаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo qoʻlga tushgan mol-mulk uchun musulmonlar tuya minib, ot choptirib qiynalmaganlarini, bu narsalarni Paygʻambariga Allohning Oʻzi, Oʻz qudrati bilangina olib berganini eslatmoqda.

«Alloh Oʻz Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz.»

Bani Nazir yahudiylari ham Madiynai Munavvarada yashar edilar. Musulmonlar ular bilan yuzma-yuz boʻlish uchun yoʻl yurib charchamadilar. Shuningdek, ular bilan urush qilib ham mashaqqat tortmadilar. Faqat, ularning qoʻrgʻonlari atrofiga kelib turdilar, xolos.

«Lekin Alloh Oʻz Paygʻambarini kimning ustidan xohlasa, gʻolib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir.»

Mana, jonli misol. Alloh Oʻz Paygʻambari Muhammad alayhissalomni Bani Nazirning ustidan gʻolib qilishni xohladi va gʻolib ham qildi. Chunki, Alloh har bir narsaga qodirdir.

Bani Nazir ustidan gʻolib qilganidek, Alloh taolo Oʻz Rasulini xohlagan qavm yoki xalq ustidan gʻolib qila olishini taʼkidlab, urushsiz oʻlja olingan narsalarning qanday taqsimlanishini bayon qiladi.