QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят7

مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ كَىْ لَا يَكُونَ دُولَةًۢ بَيْنَ ٱلْأَغْنِيَآءِ مِنكُمْ ۚ وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمْ عَنْهُ فَٱنتَهُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh O`z Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko`cha o`g`illarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo`lib qolmasligi uchun. Payg`ambar sizga nimani bersa, o`shani olinglar va nimadan qaytarsa, o`shandan qaytinglar. Allohdan qo`rqinglar. Albatta, Alloh azobi zo`r Zotdir.Аллоҳ Ўз Расулига шаҳар-қишлоқ аҳлидан қайтариб берган нарса... Аллоҳгадир ва Унинг Расулига ва яқин қариндошларига, етимларга ва мискинларга ва кўча ўғилларигадир. Сизлардан бойларингиз орасида айланадиган нарса бўлиб қолмаслиги учун. Пайғамбар сизга нимани берса, ўшани олинглар ва нимадан қайтарса, ўшандан қайтинглар. Аллоҳдан қўрқинглар. Албатта, Аллоҳ азоби зўр Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh qishloq-shaharlarning (kofir) aholisidan Oʻz paygʻambariga oʻlja qilib bergan narsalar — toki sizlardan boy-badavlat kishilar oʻrtasidagina aylanib yuraveradigan narsa boʻlib qolmasin uchun — Allohniki, paygʻambarniki va (paygʻambarning) qarindosh-urugʻlari, yetimlar, bechora-miskinlar va yoʻlovchi-musofirlarnikidir. Paygʻambar oʻzi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta Allohning jazosi qattiqdir.Аллоҳ қишлоқ-шаҳарларнинг (кофир) аҳолисидан Ўз пайғамбарига ўлжа қилиб берган нарсалар — токи сизлардан бой-бадавлат кишилар ўртасидагина айланиб юраверадиган нарса бўлиб қолмасин учун — Аллоҳники, пайғамбарники ва (пайғамбарнинг) қариндош-уруғлари, етимлар, бечора-мискинлар ва йўловчи-мусофирларникидир. Пайғамбар ўзи сизларга ато этган нарсани олинглар, у зот сизларни қайтарган нарсадан қайтинглар ва Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта Аллоҳнинг жазоси қаттиқдир.

546-sahifa · 28-juz · 55-hizb546-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّآnimaikiнимаикиأَفَآءَqaytarib berganқайтариб берганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаرَسُولِهِۦOʻz RasuliЎз Расулиمِنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْقُرَىٰshaharшаҳарفَلِلَّهِbas, Allohgadirбас, Аллоҳгадирوَلِلرَّسُولِva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَلِذِىva egalarigaва эгаларигаٱلْقُرْبَىٰyaqin qarindoshlikяқин қариндошликوَٱلْيَتَـٰمَىٰva yetimlargaва етимларгаوَٱلْمَسَـٰكِينِva miskinlargaва мискинларгаوَٱبْنِva oʻgʻillarigaва ўғилларигаٱلسَّبِيلِkoʻcha (yoʻl)кўча (йўл)كَىْuchunучунلَاemasэмасيَكُونَboʻlib qolishiбўлиб қолишиدُولَةًۢaylanadigan narsaайланадиган нарсаبَيْنَorasidaорасидаٱلْأَغْنِيَآءِboylarбойларمِنكُمْ ۚsizlardanсизларданوَمَآva nimaniва ниманиءَاتَىٰكُمُsizga bersaсизга берсаٱلرَّسُولُPaygʻambarПайғамбарفَخُذُوهُbas, oʻshani olinglarбас, ўшани олингларوَمَاva nimadanва нимаданنَهَىٰكُمْsizni qaytarsaсизни қайтарсаعَنْهُundanунданفَٱنتَهُوا۟ ۚbas, oʻshandan qaytinglarбас, ўшандан қайтингларوَٱتَّقُوا۟va qoʻrqinglarва қўрқингларٱللَّهَ ۖAllohdanАллоҳданإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳشَدِيدُshiddatliшиддатлиٱلْعِقَابِazobiазоби
TafsirТафсир

Arab tilida «afaa-a» feʼli «qaytardi» maʼnosini bildiradi. Alloh taolo yahudiylar qoldirgan mollarni «qaytarilgan mol» deb nomlayapti. Aslida, mol Allohniki, U zot Bani Nazirga bergan molini endi Paygʻambariga qaytardi. Ana shunday ulkan maʼno bilan ifodalangan «qaytarilgan mol» kimlarga beriladi?

«Alloh Oʻz Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va koʻcha oʻgʻillarigadir.»

Demak, Alloh Oʻz Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa quyidagi toifalarga beriladi.

1. Allohga. Yaʼni, Allohning roziligi uchun ommaviy-diniy ishlarga, Islomga daʼvat qilish ishiga, Kaʼbani obod qilishga, masjidlarga va boshqa diniy maqsadlarga.

2. Paygʻambarga. Yaʼni, ul zot musulmonlarning rahnamosi sifatida oʻzlariga va ahli ayollariga kifoya qilganicha oladilar. Keyingi qismi musulmonlarning umumiy foydasiga ishlatiladi.

3. Yaqin qarindoshlariga. Yaʼni, Paygʻambar alayhissalomga harom qilinganidek, ularga ham sadaqalar harom. Rasulullohning oʻzlari «qaytarilgan mol»dan Bani Hoshim va Bani Muttolib urugʻlariga berganlar.

4. Yetimlarga. Yaʼni, balogʻat yoshiga yetmay otasidan ajralgan bolalarga.

5. Miskinlarga. Yaʼni, kambagʻal, qiyinchilik bilan kun kechiradigan kishilarga.

6. Yoʻl oʻgʻillariga. Yaʼni, oʻz vatanidan uzoqda, bor-yoʻgʻidan ajralib, yurtiga keta olmay yurganlarga.

Mazkur toifalarga «qaytarilgan mol»ning boʻlib berilishining sababini Alloh taolo zikr qilib:

«Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa boʻlib qolmasligi uchun», deydi.

Bu qoida Islom iqtisodidagi ulkan qoidalardan biridir. Aslida, jamiyatning moli hamma aʼzolari orasida aylanib turishi kerak. Faqat boylarning orasida aylanadigan boʻlsa, mol bir guruh odamlar qoʻliga oʻtib, jamiyatning qolgan aʼzolari ularga qaram boʻlib qoladi. Oʻshanda boylar nimani xohlasa qilaveradigan, qolganlar esa ularning xohishlariga boʻysunishga majbur boʻladigan holat yuzaga keladi. Islom shaxsiy mulkchilikni himoya qilib, hurmatlash bilan bir qatorda raʼsulmolning (kapitalning) tugʻyoniga ham chek qoʻyadi. Ijtimoiy adolat boʻlishiga daʼvat etadi. Shuning uchun ham, zakot farz qilindi, sudxoʻrlik harom qilindi va boshqa qoidalar joriy etildi.

Ushbu oyatda bu ulkan iqtisodiy qoidadan soʻng, xuddi shunday ulkan ijtimoiy qoida ham zikr qilinganki, bu qoida Alloh taoloning:

«Paygʻambar sizga nimani bersa, oʻshani olinglar va nimadan qaytarsa, oʻshandan qaytinglar», degan soʻzida oʻz aksini topgan.

Demak, ijtimoiy qoida boʻyicha, shariatni faqat bitta manbadan olish kerak. Islomda oʻsha manba Rasulullohdir. Qurʼon u zotga tushgan va Islom ummatiga yetkazilgan. Ulamolarimiz Rasululloh keltirgan, bergan narsa, deganda, asosan, sunnatni nazarda tutadilar. Sunnat esa, u kishining soʻzlari, ishlari va taqrirlaridan iboratdir. «Taqrir» deb Paygʻambar alayhissalom bir soʻzni eshitib yoki bir ishni koʻrib, qaytarmasdan, maʼqullagan narsalariga aytiladi.

Sobit boʻlgan sunnatga amal qilmoqlik barcha musulmonlarning burchidir. Sunnat doimo Qurʼoni Karim oyatlarini sharhlab, bayon qilib beradi. Qurʼonda namoz oʻqishlik farmon qilingan, lekin necha vaqt oʻqilishi, rakʼatlar soni, qanday qilib oʻqish lozimligi aytilmagan. Namozga taalluqli hamma masalalarni sunnat bayon qilgan.

Qurʼon zakot berish farz ekanini aytgan, xolos. Sunnat esa, zakot miqdorini belgilaydi, kimlar zakot berishi, kimlar olishi va hokazo hukmlarni bayon qiladi.

Demak, shariatdagi asl manba–Rasulullohning soʻzlari, u kishiga tushgan Qurʼoni Karimdir.

Agar baʼzi hukmlar Qurʼonda ham, sunnatda ham yoʻq boʻlsa, demak, ular bu ikki (Qurʼon va sunnat) taʼlimot asosida musulmonlarning oliy darajali ulamolari, mujtahidlar bir ovozdan chiqargan hukmlardir. Buni, «ijmoʼ» deyiladi. Unda ham boʻlmasa, avvalgi hukmlarga qiyoslab mujtahid ulamolar hukm chiqaradilar.

«Allohdan qoʻrqinglar. Albatta, Alloh azobi zoʻr Zotdir.»

Shuning uchun, U zotga taqvo qilmasangiz, qattiq azobga duchor boʻlasiz.

Kelgusi oyatda kuch sarflanmasdan qoʻlga tushgan oʻljada kimlarning haqi borligini bayon qilish davom etadi.