لِلْفُقَرَآءِ ٱلْمُهَـٰجِرِينَ ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِمْ وَأَمْوَٰلِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًا وَيَنصُرُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّـٰدِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. O`shandoq kishilar sodiqdirlar.Ўз диёрларидан ва мол-мулкларидан жудо қилинган фақир муҳожирларгадир. Улар Аллоҳдан фазл ва Унинг розилигини умид қиладилар. Аллоҳга ва Унинг Расулига ёрдам берадилар. Ўшандоқ кишилар содиқдирлар.Alauddin Mansour: (U oʻljalar yana) oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar — kambagʻal muhojirlarnikidirki, ular Allohdan fazl-marhamat va rizolik istarlar hamda Alloh va Uning paygʻambariga yordam berurlar. Ana oʻshalar (iymonlarida) sodiq zotlardir.(У ўлжалар яна) ўз диёрларидан ва мол-мулкларидан ҳайдаб чиқарилган зотлар — камбағал муҳожирларникидирки, улар Аллоҳдан фазл-марҳамат ва ризолик истарлар ҳамда Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига ёрдам берурлар. Ана ўшалар (иймонларида) содиқ зотлардир.
Muhojirlar asli makkalik kishilar boʻlib, dinu iymon deb ona yurtlarini, mol-mulklarini, qarindosh-urugʻlarini tashlab Madiynai Munavvaraga hijrat qilganlar (koʻchib oʻtganlar). Shu sababli koʻplari miskin, faqirga aylangan edilar. Ular faqat Alloh beradigan fazli deb va Uning roziligini topamiz deb, bu mashaqqatlarga boʻyin egdilar. Qiyin ahvolga qaramasdan Allohning ishiga va Paygʻambarning ishiga qoʻllaridan kelgan barcha yordamlarini ayamadilar. Shuning uchun ham, Alloh ularni iymonlarida sodiq kishilar deb maqtamoqda.
Soʻngra Alloh taolo Madiynai Munavvaraning tub aholisidan boʻlgan musulmonlar–ansorlarni madh etib quyidagi oyatni tushirdi: