وَٱلَّذِينَ تَبَوَّءُو ٱلدَّارَ وَٱلْإِيمَـٰنَ مِن قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِى صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِّمَّآ أُوتُوا۟ وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ ۚ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar o`zlarining hojatlari bo`lsa ham, ularni o`zlaridan ustun qo`yarlar. Kim o`z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.У(муҳожир)лардан аввал бу жой(Мадина)да яшаган ва иймонга (ихлос қилганлар). Улар юртларига ҳижрат қилиб келганларни севарлар ва уларга берилган нарсаларга қалбларида ҳасад қилмаслар. Ва гар ўзларининг ҳожатлари бўлса ҳам, уларни ўзларидан устун қўярлар. Ким ўз нафсининг бахиллигидан сақланса, ундоқ кишилар, ҳа, ўшалар ютувчилардир.Alauddin Mansour: Ulardan (muhojirlardan) ilgari (Madina) diyoriga oʻrnashgan va iymon-eʼtiqodni (mahkam ushlagan) zotlar (ansorlar) esa oʻzlari(ning yonlari)ga hijrat qilib kelgan kishilarni suyurlar va dillarida ularga (muhojirlarga) berilgan narsa-oʻljalar sababli biron hasad tuymaslar hamda garchi oʻzlarida ehtiyoj boʻlsa-da, oʻzlarini qoʻyib (oʻzgalarni) iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki oʻz nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana oʻshalar najot topguvchi zotlardir.Улардан (муҳожирлардан) илгари (Мадина) диёрига ўрнашган ва иймон-эътиқодни (маҳкам ушлаган) зотлар (ансорлар) эса ўзлари(нинг ёнлари)га ҳижрат қилиб келган кишиларни суюрлар ва дилларида уларга (муҳожирларга) берилган нарса-ўлжалар сабабли бирон ҳасад туймаслар ҳамда гарчи ўзларида эҳтиёж бўлса-да, ўзларини қўйиб (ўзгаларни) ийсор-ихтиёр қилурлар. Кимки ўз нафсининг бахиллигидан сақлана олса, бас, ана ўшалар нажот топгувчи зотлардир.
Madiynalik musulmonlar Paygʻambar alayhissalomga va muhojirlarga yordam berganlari uchun «Ansorlar» deb nomlanganlar. Ushbu oyat ansorlarning insoniyat tarixida misli koʻrilmagan saxovatlariyu odamgarchiliklarini vasf qilmoqda.
«U(muhojir)lardan avval bu joy(Madiyna)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar).»
Ansorlar Madiynada, yaʼni birinchi Islom jamoasi tashkil topgan diyorda muhojirlar kelguncha ham yashaganlar va Islomga, iymonga ixlos qoʻyganlar. Ularning ixlosu eʼtiqodlari butun boʻlgani uchun Makka mushriklaridan azob-uqubat chekayotgan oʻz dindoshlarini Yasribga (Madiynaga) koʻchishga chorlaganlar.
Shu bilan birga, ansorlar oʻz shaharlariga koʻchib kelgan muhojir birodarlariga doimo yaxshi muomalada boʻlishgan.
«Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar oʻzlarining hojatlari boʻlsa ham, ularni oʻzlaridan ustun qoʻyarlar.»
Agar Paygʻambar alayhissalom «qaytarilgan mol»dan muhojirlarga berib, ularga bermasalar ham, ansorlar zarracha gina qilmaganlar. Hasad nimaligini bilishmagan.
Ansorlar muhojir birodarlarini ustun qoʻyib, oʻzlariga juda kerak boʻlib turgan narsalarini ham ularga berganlar. Masalan, uylarining yarmini, asbob-anjomlarini, mol-mulklarini va bosh- qa hamma kerakli narsalarini. Hatto, muhojirlar Rasulullohga: «Yo Rasululloh, bularga oʻxshaganlarni hech koʻrmaganmiz, oz boʻlsa, bizga beradilar, koʻp boʻlsa, serob qiladilar. Yetarli maiyshatning kifoyasini qilishyapti, farogʻatga bizni sherik qilishyapti. Hatto, ajrning hammasini bular egallab olmasalar», deya arz qilishgan. Shunda Paygʻambar alayhissalom: «Yoʻgʻ-e, ularga tashakkur aytib, haqlariga duo qilib tursangiz, unday boʻlmaydi, inshoalloh», deganlar.
Ansoriylar haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: «Paygʻambar alayhissalom ansorlarni chaqirib, ularga Bahraynni (shu nomdagi hozirgi diyorni) bermoqchi ekanliklarini aytganlarida, ansorlar, muhojir birodarlarimizga ham xuddi shunga oʻxshash joyni bermasangiz, bizga buning keragi yoʻq, dedilar».
Alloh taolo, hasadgoʻy emaslar, deb ansorlarni madh etyapti. Alloh birovga bergan neʼmatga hasad qilmaslik ham ulkan fazilat ekanini bilib qoʻymoq lozim. Ansorlar ana shunday ulkan fazilatga ega edilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal ulkan sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Paygʻambar alayhissalom bilan oʻtirgan edik. U kishi: «Hozir huzuringizga jannatiy kishi keladi», dedilar. Tahorat suvi soqollaridan oqib turgan bir ansoriy kishi kirib keldilar. Kavushlarini chap qoʻllariga ushlab olgan ekanlar. Ertasiga Paygʻambar alayhissalom xuddi shu gapni yana qaytardilar. Yana kechagi kishi oʻsha holatida kirib keldi. Uchinchi kuni yana xuddi shu holat takrorlandi. (Majlis tugab) Paygʻambar alay- hissalom turib ketganlaridan soʻng, Abdulloh ibn Amir ibn Oss haligi ansoriyga ergashdi va «Otam bilan aytishib qolib, uyga uch kun kirmaslikka qasam ichgan edim, uch kun siznikida tursam, maylimi?»–dedi. Haligi kishi rozilik bildirdilar. Keyinchalik Abdulloh oʻsha uch kun qanday kechganini bunday hikoya qilib bergan.
«Unikida uch kun yotdim. Kechasi hech ortiqcha ibodat qilganini koʻrmadim. Faqat, u yonboshdan bu yonboshga agʻdarilganda Allohning zikrini qilar va takbir aytar edi, xolos. Soʻng bomdod namoziga turardi. Uch kun davomida undan faqat yaxshi soʻz eshitdim. Lekin hayron boʻldim, jannatiy boʻlishlikka shu amallarning oʻzi nahot yetsa, deb yuborishimga sal qoldi. Unga qarab:
«Ey, Allohning bandasi, otam ikkimizning oʻrtamizda hech qanday gap oʻtgani yoʻq. Lekin Rasulullohning uch marotaba, hozir huzuringizga jannatiy kishi keladi, deganlarini eshitdim. Uch marta ham sen kirib kelding. Sen bilan yashab, amalingni oʻrganib, senga ergashmoqchi boʻlgan edim. Hech bir katta amal qilganingni koʻrmadim. Rasululloh aytgan martabaga seni nima erishtirdi?»–dedim. U:
«Oʻzing koʻrgandan oʻzga hech bir amalim yoʻq», deb javob qildi. Joʻnab ketayotganimda meni yoniga chorlab, yana takrorladi:
«Oʻzing koʻrgandan oʻzga bir amalim yoʻq. Lekin mening qalbimda birorta musulmonga nisbatan aldamchilik yoʻq. Biror kishiga Alloh yaxshilik bersa, hasad ham qilmayman», dedi. Men:
«Seni oliy martabaga erishtirgan narsa shu ekan, unga toqat ila amal qilish ham qiyin», dedim.
Alloh taolo yuqoridagi oyati karimada baxillikdan saqlanish ham oliy Islomiy fazilat ekanligini taʼkidlayapti. Chunki, baxillik moʻmin kishiga hech toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom oʻz hadislarida: «Baxillik va iymon bandaning qalbida abadul-abad jam boʻlmaydi», deganlar.
Endi keladigan oyatda esa, avvalgi musulmonlardan keyin keladigan musulmon avlodlarning muhim sifatlaridan biri zikr qilinadi.