وَٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَـٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar.Улардан кейин келганлар: «Эй Роббимиз, бизни ва биздан аввал иймон билан ўтган биродарларимизни мағфират қилгин, иймон келтирганларга қалбимизда нафрат (пайдо) қилмагин. Эй Роббимиз, албатта, Сен шафқатли ва меҳрибонсан», дерлар.Alauddin Mansour: Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, Oʻzing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan oʻtgan zotlarni magʻfirat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron gʻilli-gʻash qilmagan. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan».Улардан кейин (дунёга) келган зотлар айтурлар: «Парвардигоро, Ўзинг бизларни ва бизлардан илгари иймон билан ўтган зотларни мағфират қилгин ва қалбларимизда иймон келтирган зотлар учун бирон ғилли-ғаш қилмаган. Парвардигоро, албатта Сен меҳрибон ва раҳмлидирсан».
Yaʼni, muhojirlar va ansoriylardan keyin kelgan moʻminlar avloddan-avlodga mana shunday iltijo qilib oʻtadilar.
Bu oyati karimada Islom ummatining avvali bilan oxirini bogʻlab turuvchi ip namoyon boʻlmoqda. Keyin kelgan musulmon avlodi, kim boʻlishidan qatʼinazar, oʻzidan avval vafot etib ketganlarni yaxshilik bilan eslab, ularning haqiga xayrli duolar qiladilar. Oʻlganlarni soʻkish, ularni xorlash musulmonlarga munosib ish emas.
«Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan oʻtgan birodarlarimizni magʻfirat qilgin...»
Shu bilan birga, tiriklarga nisbatan ham moʻmin kishining qalbida hech qanday adovat, hasad boʻlmasligi zarur.
«…...qalbimizda iymon keltirganlarga nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar.»
Demak, Islom ummatining oʻligiyu, tirigi, avvaliyu oxiri bir xilda eʼzozga loyiqdir.
Soʻngra Qurʼoni Karim yana munofiqlar bilan yahudiylar oʻrtasidagi kelishuvni va yahudiylar qandoq qilib ahdni buzganliklarini bayon qiladi.
Ey Muhammad!