QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят11

۞ أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نَافَقُوا۟ يَقُولُونَ لِإِخْوَٰنِهِمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَـٰبِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًا وَإِن قُوتِلْتُمْ لَنَنصُرَنَّكُمْ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo`lgan o`z birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qo`yib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini ko`rmaysanmi?Нифоқ қилганларнинг аҳли китобдан бўлган ўз биродарларига: «Агар сизлар (диёрларингиздан) қувилсангиз, биз ҳам сизлар билан кетамиз, сизни қўйиб ҳеч қачон ҳеч кимга итоат қилмасмиз ва мабодо сизларга уруш қилинса, албатта ёрдам берурмиз», дейишларини кўрмайсанми?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), munofiq kimsalar oʻzlarining ahli kitoblardan (yahudiylardan) boʻlgan kofir birodarlariga: «Qasamki, agar sizlar (Madinadan) quvib chiqarilsangizlar, albatta bizlar ham sizlar bilan birga chiqib keturmiz va sizlar(ga qarshi urushish) toʻgʻrisida hech qachon biron kimsaga itoat etmasmiz. Agar sizlarga qarshi jang qilinsa, albatta bizlar sizlarga yordam berurmiz», deyishlarini koʻrmadingizmi? Alloh guvohlik berur-ki, ular shak-shubhasiz, yolgʻonchidirlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мунофиқ кимсалар ўзларининг аҳли китоблардан (яҳудийлардан) бўлган кофир биродарларига: «Қасамки, агар сизлар (Мадинадан) қувиб чиқарилсангизлар, албатта бизлар ҳам сизлар билан бирга чиқиб кетурмиз ва сизлар(га қарши урушиш) тўғрисида ҳеч қачон бирон кимсага итоат этмасмиз. Агар сизларга қарши жанг қилинса, албатта бизлар сизларга ёрдам берурмиз», дейишларини кўрмадингизми? Аллоҳ гувоҳлик берур-ки, улар шак-шубҳасиз, ёлғончидирлар.

547-sahifa · 28-juz · 55-hizb547-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrasanкўрасанإِلَى-ni-ниٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниنَافَقُوا۟nifoq qilganнифоқ қилганيَقُولُونَdeyishlariniдейишлариниلِإِخْوَٰنِهِمُbirodarlarigaбиродарларигаٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِنْ-dan-данأَهْلِahliаҳлиٱلْكِتَـٰبِkitobкитобلَئِنْagarагарأُخْرِجْتُمْsizlar chiqarilsangizсизлар чиқарилсангизلَنَخْرُجَنَّalbatta biz ham chiqamizалбатта биз ҳам чиқамизمَعَكُمْsizlar bilanсизлар биланوَلَاva emasва эмасنُطِيعُitoat qilamizитоат қиламизفِيكُمْsizning haqingizdaсизнинг ҳақингиздаأَحَدًاhech kimgaҳеч кимгаأَبَدًۭاhech qachonҳеч қачонوَإِنva agarва агарقُوتِلْتُمْsizlarga urush qilinsaсизларга уруш қилинсаلَنَنصُرَنَّكُمْalbatta sizga yordam berurmizалбатта сизга ёрдам берурмизوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَشْهَدُguvohlik berurгувоҳлик берурإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَكَـٰذِبُونَyolgʻonchidirlarёлғончидирлар
TafsirТафсир

Oyati karimadagi «koʻrmaysanmi?» xitobi «koʻrib turibsan-ku», «bilib turibsan-ku» maʼnosidadir.

«Nifoq qilganlar»dan murod sirtida musulmonlik daʼvosida-yu, ichida Islomga dushmanlik qiluvchi, sirti boshqa, ichi boshqa kishilardir. Paygʻambar alayhissalom Madiynai Munavvaraga hijrat qilib kelganlaridan soʻng baʼzi kishilar «Islomga kirdik», deb namoz oʻqib, roʻza tutib, musulmonchilik amallarini qilib yuraverishgan-u, lekin ichlari qora boʻlgan, iymonlari haqiqiy boʻlmagan, balki Islomga dushmanlik qilganlar.

Oʻshalar ahli kitob boʻlmish yahudiy qabilasiga (Bani Nazirga) kelib: «Muhammaddan qoʻrqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo, oʻz yurtlaringdan chiqib ketishga majbur boʻlsalaringiz, biz ham sizga qoʻshilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan boʻlsa, biz sizlarga yordam beramiz», deyishgan. Albatta, bu gap-soʻzlar juda ham maxfiy tarzda boʻlgan. Lekin Alloh taolo ularning sirini fosh qilib, ushbu oyatlarni tushirdi. Kofirlarga yordam berayotgan yangi toifa–munofiqlarning sirini fosh qildi, ularni «kofirlarning birodarlari» deb atadi. Shu bilan birga, Alloh taolo munofiqlarning yahudiylarga berayotgan vaʼdalari yolgʻon ekanligini taʼkidlab, Oʻzi guvohlik berdi.

Soʻngra Qurʼoni Karim munofiqlar yahudiylarga bergan vaʼdalariga tez orada xiyonat qilishlari toʻgʻrisida xabar berib, bunday deydi: