QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят12

لَئِنْ أُخْرِجُوا۟ لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِن قُوتِلُوا۟ لَا يَنصُرُونَهُمْ وَلَئِن نَّصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ ٱلْأَدْبَـٰرَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar.Албатта, агар у(яҳудий)лар чиқарилсалар, (мунофиқлар) улар билан бирга чиқмаслар. Ва, албатта, агар у(яҳудий)ларга (қарши) уруш қилинса, (мунофиқлар) ёрдам бермаслар. Борди-ю, ёрдам берганларида ҳам, ортларига қараб қочарлар ва улар ёрдамсиз қоларлар.Alauddin Mansour: Qasamki, agar (yahudiylar oʻz diyorlaridan) quvib chiqarilsalar (munofiqlar) ular bilan birga chiqib ketmaslar, qasamki, agar (yahudiylarga qarshi) jang qilinsa, (munofiqlar) ularga yordam ham bermaslar va agar (farazan) yordam bersalar ham, albatta yahudiylar (moʻminlar tomonidan magʻlub qilinishib) ortlariga qarab qochurlar va keyin ularga biron yordam berilmas.Қасамки, агар (яҳудийлар ўз диёрларидан) қувиб чиқарилсалар (мунофиқлар) улар билан бирга чиқиб кетмаслар, қасамки, агар (яҳудийларга қарши) жанг қилинса, (мунофиқлар) уларга ёрдам ҳам бермаслар ва агар (фаразан) ёрдам берсалар ҳам, албатта яҳудийлар (мўминлар томонидан мағлуб қилинишиб) ортларига қараб қочурлар ва кейин уларга бирон ёрдам берилмас.

547-sahifa · 28-juz · 55-hizb547-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَئِنْalbatta agarалбатта агарأُخْرِجُوا۟ular chiqarilsalarулар чиқарилсаларلَاemasэмасيَخْرُجُونَchiqarlarчиқарларمَعَهُمْular bilanулар биланوَلَئِنva albatta agarва албатта агарقُوتِلُوا۟ularga urush qilinsaуларга уруш қилинсаلَاemasэмасيَنصُرُونَهُمْularga yordam berarlarуларга ёрдам берарларوَلَئِنva bordiyuва бордиюنَّصَرُوهُمْularga yordam bersalarуларга ёрдам берсаларلَيُوَلُّنَّalbatta qarab qocharlarалбатта қараб қочарларٱلْأَدْبَـٰرَortlarigaортларигаثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасيُنصَرُونَyordam berilurlarёрдам берилурлар
TafsirТафсир

Bu oyati karima gʻoyibdan xabar boʻlib, u tushgandan keyin hech qancha vaqt oʻtmay shu xabarni tasdiqlovchi hodisalar roʻy bergan. Paygʻambar alayhissalom yahudiylarni shahardan chiqarib yubordilar, lekin munofiqlar ularga qoʻshilib chiqib ketmadilar.

«Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar.»

Yahudiylarga qarshi urush qildilar, munofiqlar esa vaʼdalarini bajarmadilar–yahudiylarga yordam bermadilar.

«Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar.»

Alloh taoloning, munofiqlar yolgʻonchidirlar, deb bergan guvohligi rost chiqdi. Ular ishonchli vaʼda bergan boʻlishlariga qaramasdan, oʻz doʻstlarini yordamsiz qoldirdilar.

Kelasi oyatda Alloh taolo munofiqlar bilan ularning ahli kitob birodarlarining haqiqiy basharalarini yana fosh etaveradi.

Ey moʻminlar!