لَأَنتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةً فِى صُدُورِهِم مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ularning qalblariga Allohdan ko`ra sizlar ko`proq qo`rqinchli tuyulasizlar. Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir.Албатта, уларнинг қалбларига Аллоҳдан кўра сизлар кўпроқ қўрқинчли туюласизлар. Чунки, улар яхши англамайдиган қавмдир.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan koʻra qoʻrqinchliroqdirsizlar. Bunga sabab, ular (Allohning qudratini) anglamaydigan qavm ekanliklaridir.(Эй мўминлар), аниқки, сизлар (мунофиқларнинг) дилларида Аллоҳдан кўра қўрқинчлироқдирсизлар. Бунга сабаб, улар (Аллоҳнинг қудратини) англамайдиган қавм эканликларидир.
Haqiqatan, munofiqu kofirlar Allohdan koʻra moʻmin-musulmonlardan koʻproq qoʻrqadilar. Agar Allohning Oʻzidangina qoʻrqqanlarida edi, munofiq ham, kofir ham boʻlmas edilar. Nimaga ular Allohdan qoʻrqmay, bandadan qoʻrqadilar? «Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir.» Chunki, ular Allohning ulugʻligini tushunib yetmaganlar. Qurʼoni Karim Islom dushmanlarining asl basharalarini fosh etishda davom etadi: Ey moʻminlar! Yahudiylar va munofiqlar