QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят14

لَا يُقَـٰتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِى قُرًى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَآءِ جُدُرٍۭ ۚ بَأْسُهُم بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ ۚ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar, balki qo`rg`on bilan o`ralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. O`z oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb o`ylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir.Сизларга қарши уюшиб, очиқ уруш қила олмаслар, балки қўрғон билан ўралган қишлоқларда ёки деворлар ортига бекиниб олиб уруш қилурлар. Ўз ораларида адоватлари шиддатли. Уларни бир деб ўйлайсан. Ҳолбуки, қалблари тарқоқдир. Бу ҳол уларнинг ақл юритмайдиган қавм эканликларидандир.Alauddin Mansour: Ular (munofiq va yahudiylar) birlashgan hollarida sizlar bilan faqat qalʼa-qoʻrgʻonli qishloqlar ichida (berkinib) yoki devorlar ortidagina jang qila olurlar, (yaʼni, hech qachon sizlarga qarshi ochiq jangga chiqa olmaslar). Ular oʻz oʻrtalarida kuchli-quvvatlidirlar, (yaʼni, jang-jadal boʻlmasdan turib oʻzaro kuch-qudratli ekanliklari haqida lof uraveradilar, ammo jang paytida ojiz-qoʻrqoqdirlar). (Ogʻizlaridagi soʻzlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.Улар (мунофиқ ва яҳудийлар) бирлашган ҳолларида сизлар билан фақат қалъа-қўрғонли қишлоқлар ичида (беркиниб) ёки деворлар ортидагина жанг қила олурлар, (яъни, ҳеч қачон сизларга қарши очиқ жангга чиқа олмаслар). Улар ўз ўрталарида кучли-қувватлидирлар, (яъни, жанг-жадал бўлмасдан туриб ўзаро куч-қудратли эканликлари ҳақида лоф ураверадилар, аммо жанг пайтида ожиз-қўрқоқдирлар). (Оғизларидаги сўзларидан) уларни бир деб ҳисоблайсиз-у, (аммо) диллари хилма-хилдир. Бунга сабаб, уларнинг ақлсиз қавм эканликларидир.

547-sahifa · 28-juz · 55-hizb547-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасيُقَـٰتِلُونَكُمْsizlarga qarshi urush qilurlarсизларга қарши уруш қилурларجَمِيعًاuyushib (hammalari)уюшиб (ҳаммалари)إِلَّاmagarмагарفِى-da-даقُرًۭىqishloqlarқишлоқларمُّحَصَّنَةٍqoʻrgʻon bilan oʻralganқўрғон билан ўралганأَوْyokiёкиمِن-dan-данوَرَآءِortiga bekinibортига бекинибجُدُرٍۭ ۚdevorlarдеворларبَأْسُهُمadovatlariадоватлариبَيْنَهُمْoʻz oralaridaўз ораларидаشَدِيدٌۭ ۚshiddatliшиддатлиتَحْسَبُهُمْularni oʻylaysanуларни ўйлайсанجَمِيعًۭاbir (uyushgan)бир (уюшган)وَقُلُوبُهُمْholbuki, qalblariҳолбуки, қалблариشَتَّىٰ ۚtarqoqdirтарқоқдирذَٰلِكَbuбуبِأَنَّهُمْchunki ularчунки уларقَوْمٌۭqavmdirқавмдирلَّاemasэмасيَعْقِلُونَaql yuritadiganақл юритадиган
TafsirТафсир

Yaʼni, munofiqlar va yahudiylar qoʻrqoq boʻlganlari uchun, musulmonlarga qarshi yuzma-yuz turib urusha olmaydilar.

«Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar...»

Balki qochib-pisib, devorlar ortidan turib urushadilar.

«...…balki qoʻrgʻon bilan oʻralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar.»

Sirtdan koʻrsang, ular ittifoq, birdam, hamkor boʻlib koʻrinadilar.

Aslida esa, qalblari tarqoq, oralarida ixtilof tomir otgan.

«Oʻz oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb oʻylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir.»

Ushbu haqiqat munofiqlar va yahudiylarga qarshi oʻtgan barcha urushlarda oʻz isbotini topgan.

Bu umumiy qoida boʻlib, barcha zamon, barcha makon va barcha millatlarga ham tegishlidir. Yaʼni, aʼzolari tarqoq boʻlgan har bir qavm va millat doimo magʻlubiyatga uchraydi. Tabiiyki, ixtiloflar tufayli istaklar, maqsadlar, firqalar va shiorlar koʻpayadi. Bu esa, har bir millatni halokatga olib boradi. Har bir millat oʻz farzandlarining birligi, ittifoqligi va maqsadlarining birligi tufayligina kuchli boʻladi. Shuning uchun ham, Alloh taolo oyati karimaning oxirida:

«Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir», deydi.

Demak, magʻlubiyatga olib keladigan ixtiloflar, urush-janjallar xalqning siyosiy xomligidan, oʻziga nima foydayu nima zarar ekanligini anglab yetmaganidan kelib chiqadi.

Bani Nazir qabilasining boshiga tushgan kun yangilik emas. Balki avval ham kofirligi, osiyligi uchun azobga duchor boʻlganlar oʻtgan. Yaʼni: