QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят15

كَمَثَلِ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَرِيبًا ۖ ذَاقُوا۟ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, xuddi, yaqinda o`z qilmishlarining oqibatini tatib ko`rganlarga o`xshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor.Бу, худди, яқинда ўз қилмишларининг оқибатини татиб кўрганларга ўхшашдир. Ва уларга (охиратда) аламли азоблар бор.Alauddin Mansour: (Ular) xuddi oʻzlaridan ozgina oldin oʻtgan, oʻz qilmishlarining ziyonini totgan kimsalarning (yaʼni, Badr jangida yengilib sharmanda boʻlgan mushriklarning) oʻxshashidirlar. Ular uchun (Oxiratda ham) alamli azob bordir.(Улар) худди ўзларидан озгина олдин ўтган, ўз қилмишларининг зиёнини тотган кимсаларнинг (яъни, Бадр жангида енгилиб шарманда бўлган мушрикларнинг) ўхшашидирлар. Улар учун (Охиратда ҳам) аламли азоб бордир.

547-sahifa · 28-juz · 55-hizb547-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَمَثَلِmisoli oʻxshashdirмисоли ўхшашдирٱلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаمِن-dan-данقَبْلِهِمْulardan avvalулардан аввалقَرِيبًۭا ۖyaqindaяқиндаذَاقُوا۟tatib koʻrganlarтатиб кўрганларوَبَالَoqibatiniоқибатиниأَمْرِهِمْoʻz qilmishlariningўз қилмишларинингوَلَهُمْva ulargaва уларгаعَذَابٌazob borазоб борأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo Madiynada yashab oʻtgan boshqa bir yahudiy qabilasi, Bani Qaynuqoʼ voqeasiga ishora qilmoqda.

Bani Qaynuqoʼ voqeasi Badr urushidan keyin boʻlib oʻtgan. Rasululloh alayhissalom u qabila bilan ahdnoma tuzgan edilar. Musulmonlarning Badr urushida mushriklardan gʻolib kelishi yahudiylarga yoqmadi. Bu ulkan gʻalabaga hasad qildilar va Madiynada musulmonlarning obroʻyi ortib, oʻzlarining obroʻlari pasayishidan qoʻrqdilar. Bani Qaynuqoʼ qabilasi Paygʻambar alayhissalomga qarshi uyushtirayotgan fitna haqida xabar keldi. Ul zot yahudiylarga ahdnomani eslatdilar va oqibati yomon boʻlishini taʼkidladilar. Ular qoʻpollik bilan tanqid aralash javob berdilar: «Ey Muhammad! Bizni oʻz qavming deb oʻylayapsanmi?! Urushni bilmaydigan qavm ustidan qozongan gʻalabangdan kekkayma! Allohga qasamki, biz senga qarshi urushsak, kimligimizni koʻrsatib qoʻyamiz!»–deyishdi.

Bani Qaynuqoʼ qabilasi turli fitnalarni qoʻzgʻay boshladi. Bozorda bir muslima ayolni haqorat qilishgandan soʻng, ular bilan musulmonlar orasida urush boʻldi.

Paygʻambar alayhissalom ularni bir muddat qamal qilib turdilar. Oxirida Qaynuqoʼ ahli Madiyna Munavvaradan koʻchib, oʻzlari bilan molu mulklarini olib, qurol-aslahani qoldirib, Shomga ketadigan boʻlishdi.

Demak, biz koʻrib oʻtgan oyati karimada Bani Nazir ahli ham xiyonat, isyon tufayli xuddi Bani Qaynuqoʼ ahli ulardan avval tushgan holatga tushganlari eslatilmoqda.

Kelgusi oyatda ularning munofiqlar gapiga kirib aldanib, azobga duchor boʻlishlari igʻvoga uchgan insonning shayton gapiga kirib, kufr ketib, oqibati voy boʻlganiga oʻxshatiladi.