QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят16

كَمَثَلِ ٱلشَّيْطَـٰنِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَـٰنِ ٱكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّنكَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, xuddi, shayton insonga, «kofir bo`l», degan paytga o`xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yo`q, men olamlar Robbi — Allohdan qo`rqaman», dedi.Бу, худди, шайтон инсонга, «кофир бўл», деган пайтга ўхшайдир. У куфр келтирганда эса: «Сен билан менинг ишим йўқ, мен оламлар Робби — Аллоҳдан қўрқаман», деди.Alauddin Mansour: (Yahudiylarni moʻminlarga qarshilik qilishga gij-gijlayotgan munofiqlar) xuddi shaytonning oʻxshashidirlar. Eslang, u insonga «Kofir boʻl», degan edi. Endi qachonki (inson) kofir boʻlgach, (shayton unga) «Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori boʻlmish Allohdan qoʻrqurman», dedi.(Яҳудийларни мўминларга қаршилик қилишга гиж-гижлаётган мунофиқлар) худди шайтоннинг ўхшашидирлар. Эсланг, у инсонга «Кофир бўл», деган эди. Энди қачонки (инсон) кофир бўлгач, (шайтон унга) «Албатта мен сендан безорман. Зеро, мен барча оламлар Парвардигори бўлмиш Аллоҳдан қўрқурман», деди.

547-sahifa · 28-juz · 55-hizb547-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَمَثَلِmisoliga oʻxshashмисолига ўхшашٱلشَّيْطَـٰنِshaytonningшайтоннингإِذْoʻshandaўшандаقَالَdediдедиلِلْإِنسَـٰنِinsongaинсонгаٱكْفُرْkofir boʻlкофир бўлفَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиكَفَرَu kufr keltirgandaу куфр келтиргандаقَالَdediдедиإِنِّىalbatta, menалбатта, менبَرِىٓءٌۭvoz kechuvchiman (ishim yoʻq)воз кечувчиман (ишим йўқ)مِّنكَsendanсенданإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَخَافُqoʻrqamanқўрқаманٱللَّهَAllohdanАллоҳданرَبَّRobbisiРоббисиٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu ikki oyatda Bani Nazir yahudiylarini shaytonning igʻvosiga uchgan xatokorga va ularning munofiq doʻstlarini shaytonga oʻxshatmoqda.

«Bu, xuddi, shayton insonga, kofir boʻl, degan paytga oʻxshaydi.»

Yaʼni, Bani Nazir yahudiylarining va ularning munofiq doʻstlarining holi, xuddi, shayton insonga, kofir boʻl, degan paytga oʻxshaydi.

«U kufr keltirganda esa, sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbisi – Allohdan qoʻrqaman, dedi.»

Oʻsha inson shaytonning igʻvosiga uchib kufr keltirdi. Keyin ishi chatoq boʻlib qolganda unga yordam vaʼda qilgan shayton, sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbisi–Allohdan qoʻrqaman, dedi. Xuddi shunga oʻxshash, munofiqlar ham Bani Nazir yahudiylariga: «Muhammaddan qoʻrqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo, oʻz yurtlaringdan chiqib ketishga majbur boʻlsalaringiz, biz ham sizga qoʻshilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan boʻlsa, biz sizlarga yordam beramiz», deb igʻvo qildilar. Yahudiylar ularning igʻvosiga uchib, Paygʻambarimiz alayhissalom boshliq musulmonlarga qarshi chiqdilar. Yahudiylar qamal qilinganlarida, chiqarib yuborilishga hukm qilinganlarida munofiqlar ularga biror ogʻiz tasalli soʻzi aytishga ham yaramadilar.

«Bas, ularning oqibatlari bir – albatta, ikkovlari ham doʻzaxda boʻlurlar, u yerda abadiy qolurlar.»

Shayton ham, uning igʻvosiga uchgan kofir ham, ha, ularning ikkovlari ham doʻzaxda boʻladilar, u yerda abadiy qoladilar.

Xuddi shuningdek, yahudiylar ham, munofiqlar ham, ha, ularning ikkovlari ham doʻzaxda boʻladilar, u yerda abadiy qoladilar.

«Va bu zolimlarning jazosidir.»

Kim zolim boʻlsa, shu jazoga giriftor boʻlaveradi.

Bani Nazir qabilasi qissasi ushbu jonli misol bilan xotima topadi.

Endi Qurʼoni Karim moʻmin-musulmonlarga munofiq va kofirlarga oʻxshamasdan, Allohga taqvo etishni va oxirat uchun yaxshi amallar qilishni buyuradi: