QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят17

فَكَانَ عَـٰقِبَتَهُمَآ أَنَّهُمَا فِى ٱلنَّارِ خَـٰلِدَيْنِ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُا۟ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham do`zaxda bo`lurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir.Бас, уларнинг оқибатлари бир — албатта, икковлари ҳам дўзахда бўлурлар, у ерда абадий қолурлар. Ва бу золимларнинг жазосидир.Alauddin Mansour: Bas, ikkisining (shayton va uning soʻziga kirib, kofir boʻlgan insonning) oqibati doʻzaxga kirib, unda mangu qolishlari boʻldi. Zolim kimsalarning jazosi shudir!Бас, иккисининг (шайтон ва унинг сўзига кириб, кофир бўлган инсоннинг) оқибати дўзахга кириб, унда мангу қолишлари бўлди. Золим кимсаларнинг жазоси шудир!

548-sahifa · 28-juz · 55-hizb548-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَانَbas, boʻldiбас, бўлдиعَـٰقِبَتَهُمَآikkovlarining oqibatiикковларининг оқибатиأَنَّهُمَاalbatta, ikkovlariалбатта, икковлариفِى-da-даٱلنَّارِdoʻzaxdaдўзахдаخَـٰلِدَيْنِabadiy qoluvchi holdaабадий қолувчи ҳолдаفِيهَا ۚu yerdaу ердаوَذَٰلِكَva buва буجَزَٰٓؤُا۟jazosidirжазосидирٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarningзолимларнинг
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu ikki oyatda Bani Nazir yahudiylarini shaytonning igʻvosiga uchgan xatokorga va ularning munofiq doʻstlarini shaytonga oʻxshatmoqda.

«Bu, xuddi, shayton insonga, kofir boʻl, degan paytga oʻxshaydi.»

Yaʼni, Bani Nazir yahudiylarining va ularning munofiq doʻstlarining holi, xuddi, shayton insonga, kofir boʻl, degan paytga oʻxshaydi.

«U kufr keltirganda esa, sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbisi – Allohdan qoʻrqaman, dedi.»

Oʻsha inson shaytonning igʻvosiga uchib kufr keltirdi. Keyin ishi chatoq boʻlib qolganda unga yordam vaʼda qilgan shayton, sen bilan mening ishim yoʻq, men olamlar Robbisi–Allohdan qoʻrqaman, dedi. Xuddi shunga oʻxshash, munofiqlar ham Bani Nazir yahudiylariga: «Muhammaddan qoʻrqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo, oʻz yurtlaringdan chiqib ketishga majbur boʻlsalaringiz, biz ham sizga qoʻshilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan boʻlsa, biz sizlarga yordam beramiz», deb igʻvo qildilar. Yahudiylar ularning igʻvosiga uchib, Paygʻambarimiz alayhissalom boshliq musulmonlarga qarshi chiqdilar. Yahudiylar qamal qilinganlarida, chiqarib yuborilishga hukm qilinganlarida munofiqlar ularga biror ogʻiz tasalli soʻzi aytishga ham yaramadilar.

«Bas, ularning oqibatlari bir – albatta, ikkovlari ham doʻzaxda boʻlurlar, u yerda abadiy qolurlar.»

Shayton ham, uning igʻvosiga uchgan kofir ham, ha, ularning ikkovlari ham doʻzaxda boʻladilar, u yerda abadiy qoladilar.

Xuddi shuningdek, yahudiylar ham, munofiqlar ham, ha, ularning ikkovlari ham doʻzaxda boʻladilar, u yerda abadiy qoladilar.

«Va bu zolimlarning jazosidir.»

Kim zolim boʻlsa, shu jazoga giriftor boʻlaveradi.

Bani Nazir qabilasi qissasi ushbu jonli misol bilan xotima topadi.

Endi Qurʼoni Karim moʻmin-musulmonlarga munofiq va kofirlarga oʻxshamasdan, Allohga taqvo etishni va oxirat uchun yaxshi amallar qilishni buyuradi: