QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят18

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга тақво қилинглар! Ҳар ким эрталик кун учун нима қилганига назар солсин. Аллоҳга тақво қилинглар! Албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohdan qoʻrqinglar va (har bir) jon erta (Qiyomat Kuni) uchun nimani (yaʼni, qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qoʻrqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Эй мўминлар, Аллоҳдан қўрқинглар ва (ҳар бир) жон эрта (Қиёмат Куни) учун нимани (яъни, қандай эзгу амални) тақдим этганига қарасин! Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

548-sahifa · 28-juz · 55-hizb548-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱتَّقُوا۟taqvo qilinglarтақво қилингларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَلْتَنظُرْva nazar solsinва назар солсинنَفْسٌۭhar bir jonҳар бир жонمَّاnimaнимаقَدَّمَتْtaqdim qilganigaтақдим қилганигаلِغَدٍۢ ۖertalik uchunэрталик учунوَٱتَّقُوا۟va taqvo qilinglarва тақво қилингларٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳخَبِيرٌۢxabardordirхабардордирبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganingizқилаётганингиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo moʻminlarga yana ular uchun mahbub boʻlgan nido bilan murojaat qilib, ularni Oʻziga taqvo qilishga chaqirmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar!»

Allohga taqvo qilish undan qoʻrqishdir. Allohdan qoʻrqish esa, gunoh ishlarni tark etishlik bilan va savob ishlarni koʻplab bajarish bilan boʻladi. Xalqimizda, ayniqsa, Islom dinini bir tomonlama talqin qiluvchilarda taqvodorlik toʻgʻrisida notoʻgʻri tushuncha shakllangan. Aksarilar taqvoni tarkidunyo qilish, qorongʻi xonaga kirib zikru ibodat bilan mashgʻul boʻlish deb tushunadilar. Aslida, «taqvo» soʻzi «saqlanmoq», «ehtiyot boʻlmoq» maʼnolarini anglatadi. Hazrati Umar roziyallohu anhudan, taqvo nima, deb soʻralganda, arablar sertikon maydondan yalangoyoq boʻlib, tikondan saqlanib oʻtib ketishni «taqvo» deb ataydilar, deganlar. Hayotda gunoh ishlar ham xuddi tikonlarga oʻxshaydi, kim ulardan ehtiyot boʻlmasa, ozor chekadi, ulardan saqlanib yurgan kishi esa, taqvo qilgan boʻladi. Oqibatda taqvo inson qalbidagi holatga aylanadi. Bu holat qalbni hassos qilib, har doim Allohning sezgisi bilan yashaydigan qilib qoʻyadi.

«Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin.»

«Ertalik kun»dan murod–qiyomat. Qiyomat nisbatan juda yaqin vaqt, shuning uchun ham, u «erta» deyiladi. Demak, har bir inson qiyomat kuni uchun nima ish qilganini oʻylab qoʻyishi kerak. Albatta, qiyomat kuni mol-dunyo, mansab, hasab-nasab, yor-doʻst yordam bera olmaydi, balki iymon, Islom va qilingan yaxshi amallari yordam beradi. Shuning uchun, har bir odam qiyomatga tayyorgarligini koʻrib qoʻyishi kerak.

Oyatning oxirida Alloh taolo yana bir bor taqvoga buyuradi.

«Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.»

Bu taʼkid taqvo nihoyatda ahamiyatli ekanini bildiradi.

Shu bilan birga, kim taqvo qilayotgani va kim qilmayotganini Alloh taolo bilib turishi ham taʼkidlanmoqda.

Kelasi oyatda ham Allohning moʻminlarga qilayotgan xitobi davom etadi.