QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят24

هُوَ ٱللَّهُ ٱلْخَـٰلِقُ ٱلْبَارِئُ ٱلْمُصَوِّرُ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U — Alloh — Xoliq, Bori', Musovvirdur. Barcha go`zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir.У — Аллоҳ — Холиқ, Бориъ, Мусоввирдур. Барча гўзал исмлар Уникидир. Осмонлару ердаги барча нарсалар Уни поклаб ёд этадилар. Яна У — Азийз ва Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: U — Alloh yaratguvchidir, (yoʻqdan) bor qilguvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir. Uning goʻzal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat Sohibidir.У — Аллоҳ яратгувчидир, (йўқдан) бор қилгувчидир, (барча нарсага) сурат-шакл бергувчидир. Унинг гўзал исмлари бордир. Осмонлар ва Ердаги бор нарса Унга тасбеҳ айтур. У қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.

548-sahifa · 28-juz · 55-hizb548-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱللَّهُAllohdirАллоҳдирٱلْخَـٰلِقُXoliqdir (yaratuvchi)Холиқдир (яратувчи)ٱلْبَارِئُBariʼdir (yoʻqdan bor qiluvchi)Бариъдир (йўқдан бор қилувчи)ٱلْمُصَوِّرُ ۖMusavvirdir (surat beruvchi)Мусаввирдир (сурат берувчи)لَهُUnikidirУникидирٱلْأَسْمَآءُismlarисмларٱلْحُسْنَىٰ ۚgoʻzalгўзалيُسَبِّحُpoklab yod etarпоклаб ёд этарلَهُۥUniУниمَاbarcha narsalarбарча нарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۖva yerва ерوَهُوَva Uва УٱلْعَزِيزُAzizdir (gʻolib)Азиздир (ғолиб)ٱلْحَكِيمُHakimdir (hikmat bilan ish qiluvchi)Ҳакимдир (ҳикмат билан иш қилувчи)
TafsirТафсир

Suraning bu soʻnggi oyatida Allohning yana bir necha sifati haqida soʻz boryapti. Xususan:

Xoliq–yaratuvchi.

Boriʼ–yoʻqdan bor qiluvchi.

Musovvir–maxluqotlarning suvratini shakllantiruvchi Zot.

Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Hadisi sharifda Alloh taoloning toʻqson toʻqqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda boʻlsin, yerda boʻlsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadi, lekin biz ularning tasbihini tushunmaymiz. U Alloh gʻolibdir va hakiym–barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Zotdir.

Imom Ahmad ibn Hanbal Maʼqal ibn Yasardan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kimki tong chogʻida uch marta «Aʼuuzu billahis-samiyʼul aliym minash shaytonir rojiym» desa va «Hashr» surasining uch oyatini oʻqisa Alloh taolo salovot aytadigan yetmish ming farishtani unga vakil qilib qoʻyadi. Agar oʻsha kuni vafot etsa, shahid ketadi. Kimki kech kirganda oʻqisa, xuddi oʻsha martabaga erishadi», deb marhamat qilganlar.