QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят23

هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْمَلِكُ ٱلْقُدُّوسُ ٱلسَّلَـٰمُ ٱلْمُؤْمِنُ ٱلْمُهَيْمِنُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْجَبَّارُ ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu'min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir.У — Аллоҳ Ундан ўзга илоҳ йўқ Зотдир. У — Малик, У — Қуддус, У — Салом, У — Муъмин, У — Муҳаймин, У — Азийз, У — Жаббор, У — Мутакаббирдир. Аллоҳ улар ширк келтираётган нарсалардан покдир.Alauddin Mansour: U — Alloh, shunday Zotdirki, hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. U (yolgʻiz) podshohdir, (barcha ayb-nuqsondan) pokdir-salomatdir, (Oʻzi xohlagan bandalarini dunyo balo-ofatlari va Oxirat azobidan) omon qilguvchidir, (bandalarning amallarini) koʻrib-kuzatib turguvchidir, qudrat Sohibidir, boʻysundirguvchidir, (tanho) kibr Egasidir. Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir.У — Аллоҳ, шундай Зотдирки, ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. У (ёлғиз) подшоҳдир, (барча айб-нуқсондан) покдир-саломатдир, (Ўзи хоҳлаган бандаларини дунё бало-офатлари ва Охират азобидан) омон қилгувчидир, (бандаларнинг амалларини) кўриб-кузатиб тургувчидир, қудрат Соҳибидир, бўйсундиргувчидир, (танҳо) кибр Эгасидир. Аллоҳ уларнинг (мушрикларнинг) ширкларидан покдир.

548-sahifa · 28-juz · 55-hizb548-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱللَّهُAllohdirАллоҳдирٱلَّذِىoʻsha zotdirkiўша зотдиркиلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاmagarмагарهُوَUning OʻziginaУнинг ЎзигинаٱلْمَلِكُMalikdir (haqiqiy ega)Маликдир (ҳақиқий эга)ٱلْقُدُّوسُQuddusdir (mutlaq pok)Қуддусдир (мутлақ пок)ٱلسَّلَـٰمُSalomdir (tinchlik beruvchi)Саломдир (тинчлик берувчи)ٱلْمُؤْمِنُMoʻmindir (omonlik beruvchi)Мўминдир (омонлик берувчи)ٱلْمُهَيْمِنُMuhaymindir (kuzatib turuvchi)Муҳайминдир (кузатиб турувчи)ٱلْعَزِيزُAzizdir (gʻolib)Азиздир (ғолиб)ٱلْجَبَّارُJabbordir (ulugʻ, qudratli)Жаббордир (улуғ, қудратли)ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚMutakabbirdir (buyuklikda yagona)Мутакаббирдир (буюкликда ягона)سُبْحَـٰنَpokdirпокдирٱللَّهِAllohАллоҳعَمَّاnarsalardanнарсаларданيُشْرِكُونَular shirk keltirayotganулар ширк келтираётган
TafsirТафсир

Avvalgi oyat kabi bu oyati karima ham Alloh vahdoniyatining isboti ila boshlangan va uning bir necha ismlarini eslatmoqda, jumladan:

Malik–haqiqiy egadir, Undan oʻzga ega yoʻq. Shuning uchun, bandalar faqat Unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻja boʻlmaydi. Shuning uchun, insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy egaga qul boʻlishlari lozim.

Quddus–barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Alloh taoloning Oʻzigagina xosdir.

Salom–nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi Zot. Alloh taolo «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.

Muʼmin–iymon va omonlikni beruvchi.

Muhaymin–hamma narsani qamrab oluvchi, yaʼni, Alloh taolo bandalarning barcha holatlarining guvohi boʻlib turadi, Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

Aziyz–barchaning ustidan gʻolib.

Jabbor–oliy qadar, ulugʻ, Uning oldida oʻzgalar oʻzini xor tutadi.

Mutakabbir–kibriyosi va ulugʻligi mubolagʻali Zot.

Ushbu barkamollik sifatlariga ega boʻlgan aybsiz Zot mushriklarning Unga shirk keltirishidan ham pokdir.