هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ ۖ هُوَ ٱلرَّحْمَـٰنُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U g`oyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir.У — Аллоҳ Ундан ўзга илоҳ йўқ Зотдир. У ғойибни ҳам, ошкорни ҳам билувчидир. У меҳрибон ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: U — Alloh, shunday Zotdirki, hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. (U) gʻayb va shahodatni (yaʼni, yashirin va oshkora narsalarni) bilguvchidir. U mehribon va rahmlidir.У — Аллоҳ, шундай Зотдирки, ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. (У) ғайб ва шаҳодатни (яъни, яширин ва ошкора нарсаларни) билгувчидир. У меҳрибон ва раҳмлидир.
Ushbu oyatdan maʼlum boʻladiki, eʼtiqod va ibodat faqat yagona Allohning Oʻziga boʻlmogʻi kerak. Barcha qalblar faqat Ungagina talpinishi lozim. Alloh taolo shundoq Zotki, siz bilan biz bilgan va bilmagan barcha narsalarni biladi. Osmonlaru yerda Alloh bilmagan narsa yoʻq, demak, Unga ibodat qilish kerak.
Alloh taoloning mehribonlik va rahimlilik sifatlari haqida avval soʻz yuritganimiz bois, hozir takrorlab oʻtirmaymiz.