QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hashr surasi · Oyatсураси · Оят21

لَوْ أَنزَلْنَا هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانَ عَلَىٰ جَبَلٍ لَّرَأَيْتَهُۥ خَـٰشِعًا مُّتَصَدِّعًا مِّنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَـٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo`rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko`rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.Агар ушбу Қуръонни тоққа туширганимизда эди, унинг Аллоҳдан қўрққанидан титраб-қақшаб, парчаланиб кетганини кўрар эдинг. Ушбу мисолларни одамларга келтирурмиз, шоядки, улар фикр юритсалар.Alauddin Mansour: Agar Biz ushbu Qurʼonni biron togʻga nozil qilganimizda, albatta siz u (togʻ)ni Allohning qoʻrquvidan egilib yorilib ketgan holida koʻrgan boʻlur edingiz. (Lekin ayrim insonlarning dillari togʻning toshidan ham qattiqroq boʻlgani sababli ularga Qurʼon oyatlari ham taʼsir qilmas). Biz bu misollarni odamlar uchun, shoyad ular tafakkur qilsalar, deb keltirmoqdamiz.Агар Биз ушбу Қуръонни бирон тоғга нозил қилганимизда, албатта сиз у (тоғ)ни Аллоҳнинг қўрқувидан эгилиб ёрилиб кетган ҳолида кўрган бўлур эдингиз. (Лекин айрим инсонларнинг диллари тоғнинг тошидан ҳам қаттиқроқ бўлгани сабабли уларга Қуръон оятлари ҳам таъсир қилмас). Биз бу мисолларни одамлар учун, шояд улар тафаккур қилсалар, деб келтирмоқдамиз.

548-sahifa · 28-juz · 55-hizb548-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَوْagarагарأَنزَلْنَاtushirganimizda ediтуширганимизда эдиهَـٰذَاushbuушбуٱلْقُرْءَانَQurʼonniҚуръонниعَلَىٰ-ga-гаجَبَلٍۢtoqqaтоққаلَّرَأَيْتَهُۥalbatta uni koʻrar edingалбатта уни кўрар эдингخَـٰشِعًۭاtitrab-qaqshagan holdaтитраб-қақшаган ҳолдаمُّتَصَدِّعًۭاparchalanib ketgan holdaпарчаланиб кетган ҳолдаمِّنْ-dan-данخَشْيَةِqoʻrqqanidanқўрққаниданٱللَّهِ ۚAllohdanАллоҳданوَتِلْكَva ushbuва ушбуٱلْأَمْثَـٰلُmisollarniмисолларниنَضْرِبُهَاkeltirurmizкелтирурмизلِلنَّاسِodamlargaодамларгаلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَتَفَكَّرُونَfikr yuritsalarфикр юритсалар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima Qurʼoni Karimning ulugʻligini, uni tinglagan, oʻqigan, uning taʼlimotlari ila tanishgan shaxsning qalbi albatta yumshashi lozimligini taʼkidlaydi. Bu haqiqat siz bilan bizga yanada tushunarliroq, koʻz oʻngimizda yanada yaqqol namoyon boʻlishi uchun Alloh taolo togʻni misol keltiradi.

«Agar ushbu Qurʼonni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar eding.»

Koʻz oʻngimizda, ongimizda togʻ dunyodagi eng salobatli, mustahkam, uncha-munchaga oʻzgarmaydigan narsa. Mana shu togʻning aqli boʻlsa- yu, unga Qurʼon oyatlari tushirilsa, soʻzlarning ulugʻligidan, ulardagi olamshumul maʼnolardan qoʻrqib, parchalanib ketishi taʼkidlanyapti. Demak, Qurʼoni Karimni eshitgan, uning chaqirigʻi qulogʻiga yetgan boʻlsa ham, qurʼoniy yoʻlga tushmagan kishilarning qalbi togʻu toshlardan ham qattiq ekan. Tosh qalbli kishidan esa hech qachon yaxshilik chiqmaydi.

«Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.»

Suraning oxirida Alloh taoloning ismlaridan baʼzilarining zikri keladi. Bu xuddi Qurʼoni Karim kishilar qalbiga joylashtiradigan asarlardan biridir.