QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят1

ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ ٱلظُّلُمَـٰتِ وَٱلنُّورَ ۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo`lsin. So`ngra, kufr keltirganlar o`z Robbilariga (o`zgalarni) tenglashtirurlar.Осмонлару ерни яратган, зулматлару нурни таратган Аллоҳга ҳамд бўлсин. Сўнгра, куфр келтирганлар ўз Роббиларига (ўзгаларни) тенглаштирурлар.Alauddin Mansour: Hamdu sano osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni taratgan Alloh uchundir. Soʻngra (yaʼni, Uning shunday yagona ekanligi haqidagi hujjatlarni koʻra turib) kofir boʻlgan kimsalar Parvardigorlariga (oʻzgalarni) tenglashtiradilar.Ҳамду сано осмонлар ва Ерни яратган, зулматлар ва нурни таратган Аллоҳ учундир. Сўнгра (яъни, Унинг шундай ягона эканлиги ҳақидаги ҳужжатларни кўра туриб) кофир бўлган кимсалар Парвардигорларига (ўзгаларни) тенглаштирадилар.

128-sahifa · 7-juz · 13-hizb128-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْحَمْدُhamdҳамдلِلَّهِAllohga boʻlsinАллоҳга бўлсинٱلَّذِىU zotkiУ зоткиخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَجَعَلَva taratganва таратганٱلظُّلُمَـٰتِzulmatlarniзулматларниوَٱلنُّورَ ۖva nurniва нурниثُمَّsoʻngraсўнграٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларبِرَبِّهِمْoʻz Robbilarigaўз Роббиларигаيَعْدِلُونَ(oʻzgalarni) tenglashtiradilar(ўзгаларни) тенглаштирадилар
TafsirТафсир

«Hamd»–goʻzal maqtovlar bilan eslashdir. Dunyodagi jamiki hamdlar Allohga xosdir. Alloh taolo Oʻzining soʻnggi kitobi Qurʼoni Karimning bosh surasi «Fotiha»ni, demakki, Qurʼonni ham hamd bilan boshlagan. Shuningdek, Islom daʼvatini va mushriklarga qarshi hujjatlar keltirgan gaplarni oʻz ichiga olgan toʻrt suraga, jumladan, «Anʼom»ga ham hamd ila kirishadi.

Bu oyatda Allohga keltirilayotgan hamdlar osmonlaru yerni, inson koʻziga koʻrinib turgan cheksiz va ulkan narsalarni yaratgani uchun boʻlib, ularni yaratgan Zot har qancha maqtovga sazovorligining eʼtirofidir.

Shuningdek, zulmatlar va nur ham kishini lol qoldiradigan cheksiz hodisalar hisoblanadi.

«Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd boʻlsin».

Ular haqida fikr yuritgan aqlli inson Allohga hamd aytmay iloji yoʻq. Lekin shu holatlarni koʻrib-bilib turib, Robbilariga oʻzgalarni tenglashtiradigan kimsalar–mushriklar ham bor.

«Soʻngra, kufr keltirganlar oʻz Robbilariga (oʻzgalarni) tenglashtirurlar».

Agar ularning insofi boʻlganida edi, osmonlar va yerga nazar tashlab, ularning tuzilishi, ulkanligi va ajoyibotlaridan yagona va har narsaga qodir Allohgagina iymon keltirishni, boshqalarni Unga tenglashtirmaslikni anglab olar edilar.