هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن طِينٍ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلًا ۖ وَأَجَلٌ مُّسَمًّى عِندَهُۥ ۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni loydan yaratgan, so`ngra ajalni belgilab qo`ygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz.У сизларни лойдан яратган, сўнгра ажални белгилаб қўйган Зотдир. Белгиланган ажал эса Унинг ҳузуридадир. Шундан кейин ҳам сиз шак келтирурсиз.Alauddin Mansour: U sizlarni (Otangiz Odam Atoni) loydan yaratib, soʻngra ajalni (yaʼni, tiriklik muddatini) belgilab qoʻygan Zotdir. Uning huzurida yana bir belgilangan ajal (yaʼni, tirilish muddati) bordir. Shundan keyin ham sizlar (ey kofirlar) shak-shubha qilmoqdasiz.У сизларни (Отангиз Одам Атони) лойдан яратиб, сўнгра ажални (яъни, тириклик муддатини) белгилаб қўйган Зотдир. Унинг ҳузурида яна бир белгиланган ажал (яъни, тирилиш муддати) бордир. Шундан кейин ҳам сизлар (эй кофирлар) шак-шубҳа қилмоқдасиз.
Yaʼni, Alloh sizlarning otangiz boʻlmish Odamni loydan yaratdi. Shu bilan birga, har biringizning bu dunyoda qancha muddat yashashingizni–ajalingizni belgilab qoʻydi. Oxiratda qayta tirilishingiz ham belgilik. Ushbu ishlarni bilib turib ham yana shak- shubha qilasiz-a! Loydan yasalgan jasadga jon kiritish hozirgacha hammani lol qoldirayotgan hayot masalasiga bogʻliq.
Jonli maxluqotlarda jon qayerdan paydo boʻldi? Uni koʻrish mumkinmi? Ilmiy tajribalarda, laboratoriyalarda yaratib boʻladimi? Xudosizlar har qancha urinmasinlar, jon va hayot haqidagi bunga oʻxshash savollarga javob topa olmadilar.
Shuningdek, jonni bergan Zot uni qaytib olishini–ajalini ham belgilab qoʻygan. Qachon olishini Oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi. Bu dunyo ajalidan soʻng boshlanuvchi, u dunyo uchun belgilangan qiyomat vaqtini ham tayin etgan. Bu vaqt, yaʼni, qiyomat qachon boʻlishini Oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi. Mana shu alomatlar aqliinsofi bor insonlarga yagona Allohga iymon keltirish, Unga oʻzgani tenglashtirmaslik uchun dalil va omil boʻlishi kerak. Lekin shundan keyin ham shak-shubha qiladiganlar bor. Ana oʻshalar bilib qoʻysinlarki: