وَهُوَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَفِى ٱلْأَرْضِ ۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.У осмонларда ҳам, ерда ҳам Аллоҳдир. Сирингизни ҳам, ошкорингизни ҳам биладир. Қилган касбу корингизни ҳам биладир.Alauddin Mansour: U osmonlaru Yerdagi yakka-yu yagona Allohdirki, sizlarning yashirgan va oshkor qilgan narsangizni ham, qilgan kasbu koringizni ham bilur.У осмонлару Ердаги якка-ю ягона Аллоҳдирки, сизларнинг яширган ва ошкор қилган нарсангизни ҳам, қилган касбу корингизни ҳам билур.
Osmonlaru yerni yaratgan zot, albatta, yagona Alloh ekani muqarrar. Bandalar nimani sir tutsalar, hammasini biladi. Oshkora narsalarni bilishi esa, turgan gap. Bandalarning qilgan «kasbu korlarini», jumladan, shirk keltirgan boʻlsalar, uni, yaxshilik va yomonlik qilgan boʻlsalar, ularni ham hammasini bilib turadi. Binobarin, mukofot yoki jazo ham Uning ilkida.
Shunday boʻlgandan keyin Uni yagona iloh deb, tan olish, Unga iymon keltirish va U aytganidek yashash kerak edi. Lekin ular buni qilmadilar.