QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят4

وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ مِّنْ ءَايَـٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mudom ularga o`z Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz o`giruvchi bo`ldilar.Мудом уларга ўз Роббилари оятларидан бир оят келса, ундан юз ўгирувчи бўлдилар.Alauddin Mansour: Ularga (yaʼni, kofirlarga) Parvardigorlarining oyatlaridan biron oyat kelsa, albatta, undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.Уларга (яъни, кофирларга) Парвардигорларининг оятларидан бирон оят келса, албатта, ундан юз ўгирувчи бўлдилар.

128-sahifa · 7-juz · 13-hizb128-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасتَأْتِيهِمularga kelarуларга келарمِّنْhechҳечءَايَةٍۢbir oyatбир оятمِّنْ-dan-данءَايَـٰتِoyatlaridanоятлариданرَبِّهِمْoʻz Robbilariўз Роббилариإِلَّاmagarмагарكَانُوا۟boʻldilarбўлдиларعَنْهَاundanунданمُعْرِضِينَyuz oʻgiruvchiюз ўгирувчи
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimda «oyat» soʻzi Qurʼonning boshlanishi va nihoyasi maʼlum bir boʻlagini, yaʼni, urfda ishlatayotganimiz oyat maʼnosini anglatishidan tashqari, belgi-alomat, dalil va moʻʼjiza maʼnolarida ham qoʻllaniladi. Bu oʻrinda oʻsha maʼnolarning barchasi nazarda tutilyapti. Yaʼni, kofir-mushriklarga Allohning yagonaligi, haqiqiy ibodatga sazovor zot ekanligi, Robb–tarbiyachi ekanligi haqida Qurʼon oyatlari nozil boʻlsa yoxud oʻsha maʼnolarga ishorat qiluvchi belgi-alomatlar va moʻʼjizalar kelsa, yuz oʻgiradilar.

Demak, ularning kufri va shirki dalil-hujjat va ibrat yoʻqligidan emas, balki sarkashlik tufaylidir. Ular dalil, hujjat izlaganlarida har lahzada, har qadamda topar edilar. Bunday sarkashlarga qattiqroq, qoʻrqitib, dahshatga soladigan qilib gapirish kerak boʻladi.