QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят5

فَقَدْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ ۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَنۢبَـٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga haq kelganda uni ham yolg`onga chiqardilar. Tezda ularga o`zlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur.Уларга ҳақ келганда уни ҳам ёлғонга чиқардилар. Тезда уларга ўзлари истеҳзо қилган нарсанинг хабари келур.Alauddin Mansour: Ularga haq (Qurʼon) kelganda uni ham yolgʻon dedilar. Endi yaqinda ularga oʻzlari masxara qiluvchi boʻlgan narsaning xabarlari kelajak (yaʼni, Qurʼonda aytilgan xabarlar haq ekanligini bilib oladilar).Уларга ҳақ (Қуръон) келганда уни ҳам ёлғон дедилар. Энди яқинда уларга ўзлари масхара қилувчи бўлган нарсанинг хабарлари келажак (яъни, Қуръонда айтилган хабарлар ҳақ эканлигини билиб оладилар).

128-sahifa · 7-juz · 13-hizb128-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqardilarёлғонга чиқардиларبِٱلْحَقِّhaqniҳақниلَمَّاqachonkiқачонкиجَآءَهُمْ ۖularga kelgandaуларга келгандаفَسَوْفَbas, tezdaбас, тездаيَأْتِيهِمْularga keladirуларга келадирأَنۢبَـٰٓؤُا۟xabariхабариمَاnarsaningнарсанингكَانُوا۟ular ediулар эдиبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَistehzo qilarистеҳзо қилар
TafsirТафсир

Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, yaʼni, haq din, haq kitob, haq Paygʻambar va haq shariat kelganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolgʻonga chiqardilar. Ammo Alloh taolo bu ishlarni eʼtiborsiz qoldirmaydi. Ularning notoʻgʻri yoʻllarini toʻgʻrilash va, boz ustiga, kelajakda daʼvo qilmasliklari uchun Alloh taolo marhamat qilib, ularga mehr koʻrsatadi. Ammo dinsiz sarkashlar haqni yolgʻonga chiqarish bilan cheksiz azobga loyiq boʻladilar.

«Tezda ularga oʻzlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur».

Bunga hech shubha yoʻq. Kutib turaverishsin. Chunki, ularga oʻxshaganlar avval ham oʻtgan va oqibatlari yaxshi boʻlmagan. Yoki: