QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят101

بَدِيعُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدٌ وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ صَـٰحِبَةٌ ۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini bo`lmay turib, bolasi qanday bo`lsin?! U hamma narsani O`zi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.У, осмонлару ерни йўқдан бор қилгувчи Зотдир. Унинг хотини бўлмай туриб, боласи қандай бўлсин?! У ҳамма нарсани Ўзи яратди ва У ҳамма нарсани яхши билгувчидир.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerni paydo qilguvchidir. Uning jufti yoʻq-ku, qayoqdan bolasi boʻlsin! U hamma narsani yaratdi va U hamma narsani bilguvchidir.У осмонлар ва Ерни пайдо қилгувчидир. Унинг жуфти йўқ-ку, қаёқдан боласи бўлсин! У ҳамма нарсани яратди ва У ҳамма нарсани билгувчидир.

140-sahifa · 7-juz · 14-hizb140-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَدِيعُyoʻqdan bor qilguvchiйўқдан бор қилгувчиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضِ ۖva yerniва ерниأَنَّىٰqandayқандайيَكُونُboʻlsinбўлсинلَهُۥUningУнингوَلَدٌۭbolasiболасиوَلَمْva emasва эмасتَكُنboʻlmay turibбўлмай турибلَّهُۥUningУнингصَـٰحِبَةٌۭ ۖxotiniхотиниوَخَلَقَva yaratdiва яратдиكُلَّhammaҳаммаشَىْءٍۢ ۖnarsaniнарсаниوَهُوَva Uва Уبِكُلِّhammaҳаммаشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۭyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидир
TafsirТафсир

Allohning yaratuvchanligi Oʻziga xosdir. Bor narsalarni bir- biriga chatishtirish yaratuvchilik emas. Asli yoʻq narsani vujudga keltirish yaratishdir. Allohning yaratuvchanligi ham shunday.

«U, osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilguvchi Zotdir».

Bir vaqtlar osmonlar ham, yer ham, ularning bagʻridagi narsalar ham, umuman, yoʻq edi. Alloh taolo ularni yoʻqdan bor qildi. Mushriklarning «iloh»lari nimani yoʻqdan bor qilibdi? Holbuki, ularning oʻzi ham yoʻq edi. Ularni ham Alloh bor qilgan-ku?!

«Uning xotini boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?!»

Ota-bola, ota-oʻgʻil-qiz kabi nasl haqida gap ketganda, hammaga maʼlum va mashhur qoidalar yodga keladi. Oʻgʻil-qiz paydo boʻlishi uchun otaning oʻzi kifoya qilmaydi. Balki, ona ham boʻlishi kerak. Xudoning oʻgʻli bor, qizi bor, deyayotganlarga, uning xotini ham bormi, desang, yoʻq, deydilar. Xoʻsh, xotini boʻlmasa, qanday qilib bolasi boʻladi? Ushbu oddiy va tabiiy savolga javob bersinlar. Bera olmaydilar. Javobni Qurʼoni Karimning oʻzi beradi:

«U hamma narsani Oʻzi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir».

Alloh hamma narsani, jumladan, Iyso, Uzayr va farishtalarni ham Oʻzi yaratgan. Shuning uchun, ulardan hech biri Unga oʻgʻil yoki qiz boʻlishi mumkin emas. U hamma narsani yaxshi biladi. Uning bilgani–bilgan.