QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят100

وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ۖ وَخَرَقُوا۟ لَهُۥ بَنِينَ وَبَنَـٰتٍۭ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga o`g`illar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.Улар жинларни Аллоҳга шерик қилдилар. Ҳолбуки, У ҳаммаларини яратган Зотдир. Илмсиз ҳолда Унга ўғиллар ва қизлар ясадилар. У, улар васф қилган нарсалардан пок ва олий бўлди.Alauddin Mansour: Allohga jinlarni sherik qildilar (yaʼni, jinlarni ham xudo deb bildilar). Holbuki, ularni (Allohning) Oʻzi yaratgan edi. Yana Uning uchun bilmagan hollarida oʻgʻil-qizlar «yasa?» oldilar. U zot bular sifatlayotgan narsalardan (sheriklar va bolalardan) pok va yuksakdir.Аллоҳга жинларни шерик қилдилар (яъни, жинларни ҳам худо деб билдилар). Ҳолбуки, уларни (Аллоҳнинг) Ўзи яратган эди. Яна Унинг учун билмаган ҳолларида ўғил-қизлар «яса?» олдилар. У зот булар сифатлаётган нарсалардан (шериклар ва болалардан) пок ва юксакдир.

140-sahifa · 7-juz · 14-hizb140-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلُوا۟va qildilarва қилдиларلِلَّهِAllohgaАллоҳгаشُرَكَآءَsheriklarшерикларٱلْجِنَّjinlarniжинларниوَخَلَقَهُمْ ۖholbuki, ularni yaratganҳолбуки, уларни яратганوَخَرَقُوا۟va yasadilarва ясадиларلَهُۥungaунгаبَنِينَoʻgʻillarўғилларوَبَنَـٰتٍۭva qizlarва қизларبِغَيْرِ-siz-сизعِلْمٍۢ ۚilmилмسُبْحَـٰنَهُۥU pok boʻldiУ пок бўлдиوَتَعَـٰلَىٰva oliy boʻldiва олий бўлдиعَمَّاnarsalardanнарсаларданيَصِفُونَular vasf qilganулар васф қилган
TafsirТафсир

Yuqorida kelgan oyati karimalarda vasf qilingan oliy sifatlar egasi Alloh taologa kofirlar noloyiq narsalarni sherik keltirdilar. Jumladan:

«Ular jinlarni Allohga sherik qildilar».

Ular jinlarda insonlardan boshqacha–gʻayri tabiiy baʼzi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar boʻlsa kerak deb, gumon qildilar va Allohga shirk keltirdilar.

Islom aqiydasidan oʻzga barcha aqiydalarda ushbu narsa bor desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Arabiston yarim orolida Xuzoʼa qabilasiga mansub Banu Maliyh qavmi jinga ibodat qilar edi. Johiliy arablarning barchalari biror vodiyda tunaydigan boʻlsalar, ushbu vodiy jinlarining ulugʻidan panoh tilayman, der edilar. Hozirgi jamiyatda ham Amriqoda shaytonni xudo deb eʼtiqod qiluchilar borligi hammaga maʼlum.

«Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga oʻgʻillar va qizlar yasadilar».

Oʻzlarida ilmu dalil yoʻq, lekin yoʻq joydan Allohga oʻgʻil, qizlar topadilar.

Nasorolar, Iyso Allohning oʻgʻli, deyishadi. Nima uchun, desang, bilishmaydi. Yahudiylar, Uzayr Allohning oʻgʻli, deyishadi. Nima uchun, desang, bilishmaydi. Arab mushriklari, farishtalar Allohning qizlari, deyishadi. Nima uchun farishtalar qiz, desang, bilishmaydi. Bular Alloh haqida, ilmsiz holda ogʻizlariga nima kelsa vaysayveradilar. Ammo:

«U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy boʻldi».