وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَىْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّا مُّتَرَاكِبًا وَمِنَ ٱلنَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّـٰتٍ مِّنْ أَعْنَابٍ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُشْتَبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَـٰبِهٍ ۗ ٱنظُرُوٓا۟ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَيَنْعِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكُمْ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g`ujum-g`ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog`lari chiqaramiz. Bir-biriga o`xshagan va o`xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir.У, осмондан сув нозил қилган Зотдир. Бас, у (сув) ила турли набототлар чиқардик. Ундан яшил гиёҳларни чиқардик. Ундан ғужум-ғужум бошоқлар чиқарамиз. Ва хурмодан, унинг новдаларидан яқин шингиллар чиқарамиз ва узум боғлари чиқарамиз. Бир-бирига ўхшаган ва ўхшамаган зайтун ва анорларни чиқарамиз. Унинг мева қилиш пайтидаги мевасига ва пишишига назар солинг. Албатта, бундай нарсаларда иймон келтирадиган қавм учун оят — белгилар бордир.Alauddin Mansour: U osmondan suv tushirgan Zotdir. Bas, u suv yordamida har turli nabototni chiqardik. Undan esa giyohlarni chiqardik. Undan (giyohdan) ustma-ust boʻlgan donlarni (yaʼni, boshoqlarni) chiqarurmiz. Xurmo novdalaridan (yigʻib-terib olguvchilar uchun) yaqin boshlar-gʻujumlar (boʻlur). Yana uzumzor bogʻlarni hamda (barglari) bir-biriga oʻxshagan, (mevalari esa) oʻxshamaydigan zaytun va anorlarni (chiqarurmiz). (Ey insonlar), ularning har birini meva tukkan paytidagi mevasiga va keyin pishgan holiga boqing! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-moʻʼjizalar mavjuddir.У осмондан сув туширган Зотдир. Бас, у сув ёрдамида ҳар турли набототни чиқардик. Ундан эса гиёҳларни чиқардик. Ундан (гиёҳдан) устма-уст бўлган донларни (яъни, бошоқларни) чиқарурмиз. Хурмо новдаларидан (йиғиб-териб олгувчилар учун) яқин бошлар-ғужумлар (бўлур). Яна узумзор боғларни ҳамда (барглари) бир-бирига ўхшаган, (мевалари эса) ўхшамайдиган зайтун ва анорларни (чиқарурмиз). (Эй инсонлар), уларнинг ҳар бирини мева туккан пайтидаги мевасига ва кейин пишган ҳолига боқинг! Албатта, бунда иймон келтирадиган қавм учун оят-мўъжизалар мавжуддир.
Ushbu oyati karimada gʻaflat bosgan inson mulohaza qilmaydigan ulkan haqiqatlar bayon qilinadi. Bularning har biri Alloh taoloning biru borligining dalolatidir.
«U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir».
Osmondan suvni Alloh taolo nozil qilmasa kim nozil qiladi? Odamlar oʻzlari nozil qila oladilarmi? Nima uchun har yili ayrim joylarda qurgʻoqchilik oqibatida insoniyat mislsiz zararlar koʻrmoqda? Demak, oʻz vaqtida yomgʻir yoki qor sifatida osmondan suv tushib turishi katta neʼmat ekan.
«Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik».
Osmondan tushgan suv turli nabototlarni chiqarishga sabab boʻladi. Suvsiz hayot boʻlmaganidek, nabototlarsiz ham hayot boʻlmaydi. Shuning uchun, qurgʻoqchilik boʻlgan joylarda amallab ichgani suv topilganda ham, hayot kechirish ogʻirlashib ketadi. Ekinlar, nabototlar qurib, hayvonlar va insonlar qirila boshlaydi. Yer yuzidagi nabototlarni Alloh undirmasa, kim undiradi? Har kim oʻzicha bir tup narsani koʻkartira olmaydi-ku. Ushbu nabototlar ham Allohning biru borligiga yaqqol dalildir. Suv tufayli turli nabototlar undirilib, shu bilan kifoyalanib qolinmaydi. Balki oʻsha nabototlardan boshqa narsalar yaratiladi.
«Undan yashil giyohlarni chiqardik».
Yashil giyohlardan koʻra insonlar uchun yanada foydaliroq neʼmatlar ham bor.
«Undan gʻujum-gʻujum boshoqlar chiqaramiz».
Boshoqlar insonlar va hayvonlarga ozuqa, oʻsimliklarga urugʻ ham boʻladi.
«Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz».
Xurmo ham boshqa daraxtlar kabi oddiy bir daraxt. Ammo, koʻplab unga oʻxshash daraxtlar mevasiz boʻlgani holda, xurmoning uzib olishga yaqin, qulay joyida shingil-shingil mevalari bor. Buni kim qildi? Dunyo bir yoqadan bosh chiqarib, yana bitta xurmo daraxtini yarata oladimi? Yoʻq, albatta. Nima uchun odamlar bu haqiqatni oʻylab koʻrmaydilar?
«...va uzum bogʻlari chiqaramiz».
Uzumni olaylik. Unga oʻxshash boshqa nabototlar koʻp. Ammo, aynan uzumzor bogʻlar bor. Undan turli-tuman xildagi mevalar olinadi. Bir xil nabotot boʻlsa ham turli rangli, turli shaklli va turli taʼmli mevalar hosil qiladi. Bularning hammasini kim qilmoqda. Bunga Allohdan oʻzga kim qodir? Hech boʻlmasa, shuni oʻylab koʻrib, xulosa chiqarsalar boʻlmaydimi?
«bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz».
Bular ham ajoyib bir moʻʼjizalar. Zaytun va anorga oʻxshash daraxtlar koʻp. Ammo, aynan zaytun va anorgina bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan turli-tuman mevalar beradi. Bu mevalarning paydo boʻlishi, tuzilishi, xususiyatlari, samarasi oʻz-oʻzidan boʻlib qolmaydi, albatta. Xoʻsh, bularni kim qiladi? Kim qodir bu ishlarga? Albatta, Allohdan oʻzga hech kim qodir emas.
«Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling».
Bu paytdagi ajoyib oʻzgarishlar, goʻzalliklar va kishi aqli bovar qilmaydigan jarayonlar, hamma-hammasi Alloh taoloning biru borligiga yorqin dalildir. Dunyo paydo boʻlganidan beri hech kim bir donagina boʻlsa ham meva yarata olmagan. Ana shuning oʻzi ham Alloh taologa iymon keltirishga chorlamaydimi? Xoʻsh, kim bu narsalardan ibrat oladi?
«Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat – belgilar bordir».
Ammo, iymonsizlar ibrat olmay, boshqa yoʻllardan yuradilar.