QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят98

وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ فَمُسْتَقَرٌّ وَمُسْتَوْدَعٌ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَفْقَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qo`yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.У сизларни бир жондан яратган Зотдир. Бас, у (жон) қарор топадиган жой(она раҳми)да ёки сақлаб қўйиладиган жой (ота сулби)дадир. Яхши англайдиганлар учун оят-белгиларни батафсил қилиб қўйганмиз.Alauddin Mansour: U sizlarni bir jondan (Odam alayhissalomdan) paydo qilgan Zotdir. Bas, (sizlar uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonat turadigan joydir. Anglaydigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.У сизларни бир жондан (Одам алайҳиссаломдан) пайдо қилган Зотдир. Бас, (сизлар учун она қорни) қароргоҳ ва (ота пушти) омонат турадиган жойдир. Англайдиган қавм учун оятларни батафсил баён қилдик.

140-sahifa · 7-juz · 14-hizb140-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىٓshunday Zotdirшундай Зотдирأَنشَأَكُمsizlarni yaratganсизларни яратганمِّن-dan-данنَّفْسٍۢjondanжонданوَٰحِدَةٍۢbirбирفَمُسْتَقَرٌّۭbas, qaror topadigan joyбас, қарор топадиган жойوَمُسْتَوْدَعٌۭ ۗva saqlab qoʻyiladigan joyва сақлаб қўйиладиган жойقَدْbatahqiqбатаҳқиқفَصَّلْنَاbatafsil qilib qoʻyganmizбатафсил қилиб қўйганмизٱلْـَٔايَـٰتِoyat-belgilarniоят-белгиларниلِقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيَفْقَهُونَyaxshi anglaydiganяхши англайдиган
TafsirТафсир

Inson oʻziga eʼtibor bilan razm solsa, ulkan moʻʼjiza ekanini darhol anglab oladi. Ammo, eʼtibor bermaydi. Doimo sodir boʻlib turgani uchunmi, oʻzi koʻrib turgan aʼzolarga oʻrganib qolgani uchunmi, ahamiyat bermaydi. Ahamiyat bersa edi, inson tuzilishini oʻrgangan olimlarning nazariyalariga nazar solsa edi, koʻp va muhim moʻʼjizalarni anglab olgan boʻlar edi. Bunga oʻxshash jihatlarni bir tomonga qoʻyib turaylik-da, jamiki insonlar uchun maʼlum boʻlgan oddiy haqiqat–insonning bir jondan yaratilishiga boqaylik.

«U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, (u jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qoʻyiladigan joy(ota sulbi)dadir».

Erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, dastavval, hammasi ota sulbida saqlanib turadi. Soʻngra, ona rahmiga–bachadonga oʻtadi, u yerdan joy topadi va shundan keyin dunyoga keladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson oʻzidan-oʻzi dunyoga kela olmaydi. Ushbu haqiqatni oʻylab koʻrgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoyil qolmay iloji yoʻq. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kerak, ong kerak, xolos.

«Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz».

Agar yaxshi anglaydiganlar boʻlsa, ular uchun Alloh taolo oyat- belgilarini batafsil qilib qoʻygan. Allohning biru borligiga dalolat qiluvchi boshqa oyat–belgilar juda ham koʻp.