وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهْتَدُوا۟ بِهَا فِى ظُلُمَـٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yo`l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo`ygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.У сизларга қуруқлик ва денгиз зулматларида йўл топишингиз учун юлдузларни қилиб қўйган Зотдир. Биладиган қавмлар учун оят-белгиларни батафсил қилиб қўйганмиз.Alauddin Mansour: U quruqlik va dengiz zulmatlarida yoʻl topishingiz uchun sizlarga yulduzlarni yaratib qoʻygan Zotdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.У қуруқлик ва денгиз зулматларида йўл топишингиз учун сизларга юлдузларни яратиб қўйган Зотдир. Биладиган қавм учун оятларни батафсил баён қилдик.
Yulduzlar haqida soʻz yuritmasdan, koinotdagi ilohiy tadbir va moʻʼjizalar haqidagi tasavvur batamom boʻlmaydi. Albatta, yulduzlarning tuzilishi, ularning vazifasi va manfaatlari, ularga bogʻliq ajoyibotlar haqida har qancha gapirilsa, shuncha oz. Ayniqsa, yulduzlar ilmi ila mashgʻul boʻlganlar buni yaxshi biladilar. Ammo, biz oʻsha ilmiy haqiqatlarni bir chetga qoʻyib, olimu johil, kattayu kichik, hamma-hammaga maʼlum oddiy bir haqiqatga nazar tashlaylik.
«U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni (belgi) qilib qoʻygan Zotdir».
Odamlar qadimdan quruqlikda ham, dengizda ham yoʻl topish uchun yulduzlardan foydalanib keladilar. Xoʻsh, yulduzlarni shu holatda kim yaratgan? Adashgan odam xoh dengizda, xoh quruqlikda boʻlsin yoʻl topishiga ularni chora-tadbir qilgan kim? Odamlarning oʻzlarimi? Yoki oʻzidan-oʻzi boʻlib qolganmi? Alloh qilgan. Boshqa hech kim qilgan emas, qila olmaydi ham. Har kuni yulduzni koʻrgan odam, Allohning biru borligiga iymon keltirmay, qayoqqa qarab ketmoqda? Aqlni ishlatish kerak.
«Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qoʻyganmiz».
Biladigan odam uchun Alloh Oʻzining haqqoniyatiga dalil boʻluvchi oyat-belgilarni har qadamga sochib tashlagan. Allohning biru borligiga dalil avvalo oʻsha insonning oʻzi-ku: