QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят103

لَّا تُدْرِكُهُ ٱلْأَبْصَـٰرُ وَهُوَ يُدْرِكُ ٱلْأَبْصَـٰرَ ۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`zlar Uni idrok eta olmas, U ko`zlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir.Кўзлар Уни идрок эта олмас, У кўзларни идрок этар. У латийф ва хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: Koʻzlar Unga yeta olmas. U koʻzlarga yetar! U mehribon va (har narsadan) ogoh Zotdir.Кўзлар Унга ета олмас. У кўзларга етар! У меҳрибон ва (ҳар нарсадан) огоҳ Зотдир.

141-sahifa · 7-juz · 14-hizb141-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасتُدْرِكُهُUni idrok eta olarУни идрок эта оларٱلْأَبْصَـٰرُkoʻzlarкўзларوَهُوَva Uва Уيُدْرِكُidrok etarидрок этарٱلْأَبْصَـٰرَ ۖkoʻzlarniкўзларниوَهُوَva Uва Уٱللَّطِيفُlatifлатифٱلْخَبِيرُxabardor zotdirхабардор зотдир
TafsirТафсир

Alloh hamma narsani yaratdi. Shuning uchun, hammaning egasi ham Oʻzi, hammaga rizq beruvchi ham Oʻzi.

«Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir».

Ana shu sifatlarga ega Alloh siz odamlarning ham Robbingizdir. Robb «tarbiyachi» maʼnosidadir. Robb–tarbiyachi–hammaning rahbari, yoʻl koʻrsatuvchisi va sultoni boʻlmoq, demakdir. Ushbu sifatlarni inkor etuvchi yoki ulardan birortasini inkor etuvchi, bu xususiyatlar Allohdan boshqaning haqqi, deb biluvchilar kofir boʻladi. U, Allohdan boshqani oʻziga Robb qilib olgan boʻladi.

«Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq».

U Oʻzi yolgʻiz yaratgan, yolgʻiz Oʻzi Molik boʻlgan, yolgʻiz Oʻzi rizq bergan va yolgʻiz Oʻzi rahbar boʻlib, yolgʻiz Oʻzi yoʻl koʻrsatguvchidir. Yolgʻiz Oʻzi sulton boʻlganidan keyin ibodatga sazovor ham yolgʻiz Oʻzidir. Bandalar faqat Unga ibodat qilishlari kerak. Yaʼni, Unga sajda qilishlari, aytganlarini bajarishlari, qaytarganlaridan qaytishlari va faqat Uning roziligini topish uchun harakat etishlari lozim.

«U har bir narsaning yaratguvchisidir».

Biror narsani Allohdan boshqa zot yaratgan, yoʻqdan bor qilgan boʻlsa, bugungacha xabari chiqar edi. Koʻz oʻngimizdagi sonsiz-sanoqsiz narsalar borligi haqiqat. Xoʻsh, bular qanday paydo boʻldi? Oʻzidan-oʻzi paydo boʻlib qoldimi? Unday deyilsa, isboti qani? Dunyoda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan biror narsa bormi oʻzi? Kim dunyoda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan narsa bor desa, bu faqat ushbu gʻoya sohibining aqli zaifligiga dalolat qilguvchi bir fikrdir.

Baʼzilar, dunyo azaldan mavjud edi, deydilar. Bu fikr, yaʼni azaliy mavjudiyat faqat Allohgagina xos. Shu maʼnoda toʻgʻri fikr. Ammo, dunyodagi boshqa mavjudot hammasi asta-sekin tugab borayotgani dunyo ahliga maʼlum. Hatto quyosh harorati ham yil sayin pasayib borayotgani ilmiy haqiqat. Tugab borayotgan narsalar esa, hech qachon azaliy boʻla olmaydi. Demak, yagona toʻgʻri fikr–dunyodagi jamiki narsalarning Yaratguvchi Azaliy Zotning mavjudligidir. U Zot har bir narsaning Yaratguvchisidir. Shuning uchun, U zot faqat insonning emas, balki butun olamning Robbi hamdir.

«Bas, Unga ibodat qiling».

Yaʼni, faqat Unga boʻyin eging, itoat qiling va Uning hukmiga yuring.

«U har bir narsaga vakildir!».

Yaʼni, muhofaza qiluvchi, kuzatuvchi, Oʻzidan boshqa hammaning tadbirini koʻruvchi, ularga doimo rizq beruvchidir.

«Koʻzlar Uni idrok eta olmas, U, koʻzlarni idrok etar».

Alloh koʻzlarni bu dunyo ashyolarini koʻrish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Koʻzlar maʼlum masofadagi narsalarni koʻradi. Undan uzoqdagisini koʻra olmaydi. Bu esa, oʻsha maʼlum masofadan naridagi koʻzga koʻrinmagan narsa yoʻqdir degani emas. Balki, koʻz uni koʻra olmaganidandir.

Shuningdek, koʻz maʼlum hajmdagi narsalarni koʻradi. Undan kichikrogʻini koʻra olmaydi. Soʻngra narsalarni kattalashtirib beruvchi asboblarni ishga soladi. Ular ham maʼlum kattalikdagi narsalarnigina koʻrishda yordam bera oladilar. Ammo, atom, proton, neytron kabi unsurlarni koʻra olmaydi. Hozirgi fan bu zarralarning borligini tasdiqlaydi, ammo hech kim ularni oʻz koʻzi bilan koʻrgan emas. Shunday ekan, Allohni oʻz koʻzim bilan koʻrmagunimcha, Uning borligiga ishonmayman, deguvchilarning aqliga shubha bilan qarashdan boshqa iloj qolmaydi. Alloh yaratgan narsalarni koʻrishga ojizlik qilayotgan sening ojiz koʻzing, azaliy, sen koʻrgan va bilgan va his qilgan narsalardan batamom boshqa xususiyatdagi Zotni qanday qilib koʻra oladi? Insonga Alloh zotini koʻrish qobiliyati berilmagan. Ulardan bu narsani koʻrish talab qilinmagan ham.

«U latiyf va xabardor zotdir».

U har bir narsani daqiq va nozik joylarigacha biluvchi Zotdir. U har bir narsadan xabardor Zotdir.