QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят104

قَدْ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ عَمِىَ فَعَلَيْهَا ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sizga Robbingizdan «ko`z ochuvchi»lar keldi. Kimki ko`rsa, o`ziga yaxshi. Kim ko`r bo`lib olsa, o`ziga zarar. Men sizlarga qo`riqchi emasman.Батаҳқиқ, сизга Роббингиздан «кўз очувчи»лар келди. Кимки кўрса, ўзига яхши. Ким кўр бўлиб олса, ўзига зарар. Мен сизларга қўриқчи эмасман.Alauddin Mansour: Sizlarga Parvardigoringizdan hujjatlar kelmishdir. Kim (ularni) koʻrsa, oʻzi uchun koʻrur. Kim koʻr boʻlib olsa, oʻziga ziyondir. Men sizlarning ustingizda qoʻriqchi emasman.Сизларга Парвардигорингиздан ҳужжатлар келмишдир. Ким (уларни) кўрса, ўзи учун кўрур. Ким кўр бўлиб олса, ўзига зиёндир. Мен сизларнинг устингизда қўриқчи эмасман.

141-sahifa · 7-juz · 14-hizb141-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْbatahqiqбатаҳқиқجَآءَكُمsizga keldiсизга келдиبَصَآئِرُ«koʻz ochuvchi»lar«кўз очувчи»ларمِن-dan-данرَّبِّكُمْ ۖRobbingizdanРоббингизданفَمَنْbas, kimбас, кимأَبْصَرَkoʻrsaкўрсаفَلِنَفْسِهِۦ ۖoʻziga yaxshiўзига яхшиوَمَنْva kimва кимعَمِىَkoʻr boʻlib olsaкўр бўлиб олсаفَعَلَيْهَا ۚoʻziga zararўзига зарарوَمَآva emasmanва эмасманأَنَا۠menменعَلَيْكُمsizlargaсизларгаبِحَفِيظٍۢqoʻriqchiқўриқчи
TafsirТафсир

Biz «koʻz ochuvchi»lar deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim istilohida «basoiru» deb kelgan. U, «basiyra» soʻzining jamʼi boʻlib, bir narsani koʻrib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi.

«Sizga Robbingizdan «koʻz ochuvchi»lar keldi».

Bu jumlada Alloh Oʻzining biru borligiga, Paygʻambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «koʻz ochuvchi» narsalarni yuborib qoʻyganini aytmoqda.

«Kimki koʻrsa, oʻziga yaxshi».

Kim oʻsha dalillarni koʻrib, hidoyatga yursa, oʻziga yaxshi.

«Kim koʻr boʻlib olsa, oʻziga zarar».

Kim ushbu dalillarni koʻrib turib ham oʻzini koʻrmaganga solsa, ibrat olib, toʻgʻri yoʻlga yurmasa, yaʼni, sunʼiy koʻr boʻlib olsa, oʻziga yomon boʻladi. Nurni koʻrmaydi. Yoʻldan adashadi. Jarga qulaydi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham ulardan voz kechib:

«Men sizlarga qoʻriqchi emasman», deydilar.

Ha, u zot bir insonni «qoʻriqlab» turish, qilgan ishini sarhisob qilish uchun yuborilgan emaslar. U zot sollallohu alayhi vasallam kishilarni daʼvat qilish va ogohlantirish uchun yuborilganlar.