وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ لَئِن جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَـٰتُ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular agar biron oyat — mo`'jiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.Улар агар бирон оят — мўъжиза келса, албатта, иймон келтиришлари ҳақида Аллоҳнинг номи билан жон-жаҳдлари ила қасам ичарлар. «Албатта, оятлар фақат Аллоҳнинг ҳузурида», – деб айт. Сизга нима билдирди? Эҳтимол, оят келса ҳам, улар иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Ular agar biron oyat — moʻʼjiza kelsa, albatta iymon keltirishlari haqida jon-jahdlari bilan Alloh nomiga qasam ichdilar. Ayting: «Oyatlar faqat Allohning huzuridadir». Qayerdan bilursizlar (ehtimol) oyat kelgan vaqtda ham iymon keltirmaslar.Улар агар бирон оят — мўъжиза келса, албатта иймон келтиришлари ҳақида жон-жаҳдлари билан Аллоҳ номига қасам ичдилар. Айтинг: «Оятлар фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир». Қаердан билурсизлар (эҳтимол) оят келган вақтда ҳам иймон келтирмаслар.
Ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham takrorlanganidek, mushriklar oyat-moʻʼjizalarni iymon keltirish uchun emas, iymondan qochish uchun soʻraydilar. Oʻshanday moʻʼjiza kelsa, yana boshqa bir bahonani roʻkach qiladilar. Ular anchayin emas, balki qattiq oyoq tirab, Allohni oʻrtaga qoʻyib, jon-jahdlari ila qasam ichib, agar biron oyat–moʻʼjiza kelsa, iymon keltirar edik, deganlar.
«Ular agar biron oyat – moʻʼjiza kelsa, albatta iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar».
Bu qasamxoʻrlarga nima deb javob qaytarishni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga Allohning Oʻzi oʻrgatmoqda:
«Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt».
Faqat Alloh taoloning Oʻzigina oyat-moʻʼjizalarni nozil qilishi mumkin. Paygʻambar bu ishning uddasidan chiqmaydi. Moʻminlarning orasida ham, kofirlarning shunday qilganiga bir oyat-moʻʼjiza tushib qolsa qaniydi, deydiganlari boʻlgan. Alloh ularga:
«Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar»,–demoqda.
U chogʻda esa, hammalari halokatga uchrashlari kerak. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlari soʻnggi ummat boʻlgani uchun ularni halokatga uchratmaslik vaʼdasini Allohning Oʻzi bergan.
Yana sizlarga nima bildirdiki, ehtimol: