وَلَا تَسُبُّوا۟ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّوا۟ ٱللَّهَ عَدْوًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍ ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning Allohdan o`zga ibodat qiladiganlarini so`kmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni so`kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo`ydik. So`ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur.Уларнинг Аллоҳдан ўзга ибодат қиладиганларини сўкмангиз. Бас, билмасдан зулм ила Аллоҳни сўкиб юрмасинлар. Шундай қилиб, ҳар бир умматга амалини зийнатлаб қўйдик. Сўнгра эса, қайтиб борадиган жойлари Роббиларигадир. Бас, У қилиб юрган ишларининг хабарини берур.Alauddin Mansour: Allohdan oʻzgaga sigʻinadigan kimsalarni (butlarini) soʻkmangiz! U holda ular hadlaridan oshib, johillik bilan Allohni soʻkurlar. Har bir millatga oʻzlari qilgan amalni mana shunday chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Soʻngra Parvardigorlariga qaytmoqlari bor. Bas, U zot ularga qilib oʻtgan amallarining xabarini berur.Аллоҳдан ўзгага сиғинадиган кимсаларни (бутларини) сўкмангиз! У ҳолда улар ҳадларидан ошиб, жоҳиллик билан Аллоҳни сўкурлар. Ҳар бир миллатга ўзлари қилган амални мана шундай чиройли кўрсатиб қўйганмиз. Сўнгра Парвардигорларига қайтмоқлари бор. Бас, У зот уларга қилиб ўтган амалларининг хабарини берур.
Mushriklar Allohni qoʻyib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning oʻsha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda.
«Ularning Allohdan oʻzga ibodat qiladiganlarini soʻkmangiz».
Ularning butlarini soʻkishdan qaytarishning asosiy sababi oyatning oʻzidan anglashilyapti:
«Bas, bilmasdan zulm ila Allohni soʻkib yurmasinlar».
Yaʼni, musulmon kishi mushrikning sanamini soʻksa, bundan gʻazablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab boʻladi. Bu, turgan gap. Chunki:
«Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qoʻydik».
Inson tabiati shunday. Qilayotgan amali oʻziga goʻzal va ziynatli koʻrinaveradi. Hatto butun insoniyat qabohat deb ittifoq qilgan ishni maqtashga soʻz topadi. Shuningdek, mushriklarga ham oʻz shirklari juda ham ziynatli boʻlib tuyuladi. Ana shu eʼtibordan, ularning butlari haqoratlangan chogʻda gʻazablanishlari mumkin. Musulmon odam odobli boʻlgani uchun ham bu ishni qilmasligi kerak. Allohga havola qilib qoʻyaversa, u yogʻini Allohning Oʻzi biladi.
«Soʻngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U, qilib yurgan ishlarining xabarini berur».
Shunday ekan, musulmonning koʻngli toʻq boʻlsin. Ammo mushriklar har doim yangi gap, yangi takliflar topib turadilar.