QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят107

وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكُوا۟ ۗ وَمَا جَعَلْنَـٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qo`riqchi qilganimiz yo`q. Va sen ularga vakil ham emassan.Агар Аллоҳ хоҳласа, ширк келтирмас эдилар. Биз сени уларга қўриқчи қилганимиз йўқ. Ва сен уларга вакил ҳам эмассан.Alauddin Mansour: Agar Alloh xohlaganida, ular mushrik boʻlmagan boʻlur edilar. Biz sizni ularning ustida qoʻriqchi qilib qoʻyganimiz yoʻq. Siz ularning ustida vakil ham emassiz!Агар Аллоҳ хоҳлаганида, улар мушрик бўлмаган бўлур эдилар. Биз сизни уларнинг устида қўриқчи қилиб қўйганимиз йўқ. Сиз уларнинг устида вакил ҳам эмассиз!

141-sahifa · 7-juz · 14-hizb141-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳمَآemasэмасأَشْرَكُوا۟ ۗshirk keltirar edilarширк келтирар эдиларوَمَاva emasва эмасجَعَلْنَـٰكَseni qilganimizсени қилганимизعَلَيْهِمْulargaуларгаحَفِيظًۭا ۖqoʻriqchiқўриқчиوَمَآva emassanва эмассанأَنتَsenсенعَلَيْهِمulargaуларгаبِوَكِيلٍۢvakilвакил
TafsirТафсир

Ha, agar Alloh xohlasa, ularning hammasini farishtalarga oʻxshatib, faqat toatdan boshqa amal bilan shugʻullanmaydigan kimsalardan qilib qoʻyar edi. Shunda, ular shirk keltirmas edilar. Ammo, bunda ular uchun hayotning maʼnisi boʻlmasdi. Hech qanday shaxsiy istagi, xohishi, irodasi yoʻq kimsani, mustaqil fikri yoʻq kimsani tasavvur qilib koʻring-a! Shu boisdan, Alloh insonga ixtiyor erkinligi va tafakkur berib, yoʻl koʻrsatib qoʻydi. Agar inson Alloh bergan aqlni toʻgʻri ishlatib, mustaqim yoʻlga yursa, mukofot oladi. Agar u, Alloh bergan aqlni toʻgʻri ishlatmay, notoʻgʻri yoʻldan yursa, jazo oladi.

«Biz seni ularga qoʻriqchi qilganimiz yoʻq».

Sen hammani qoʻrib, toʻgʻri yoʻlga yurishga majbur etishga masʼul qilinmagansan.

«Va sen ularga vakil ham emassan».

Yaʼni, ularni muhofaza qiluvchi, kuzatuvchi, tadbirkor ham emassan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qilingan bu xitob oʻzini Islom daʼvati yoʻliga bagʻishlagan har bir daʼvatchiga ham tegishlidir. Ammo, dinga yurishni xohlamaganlar bilan boʻladigan muomala oʻziga yarasha odob doirasida boʻlmogʻi darkor: