ٱتَّبِعْ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo`q. Mushriklardan yuz o`gir.Сенга Роббингдан ваҳий қилинган нарсага эргаш. Ундан бошқа ибодатга сазовор зот йўқ. Мушриклардан юз ўгир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringizdan sizga vahiy qilingan narsalarga ergashing! Hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzi bordir. Mushriklardan yuz oʻgiring!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиздан сизга ваҳий қилинган нарсаларга эргашинг! Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзи бордир. Мушриклардан юз ўгиринг!
Sen kofir va mushriklarning qilayotgan amallariga, aytayotgan gaplariga eʼtibor berma! Sening qiladigan ishing: «Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash». Sening ikki dunyodagi baxtu saodating shunda. Bundan boshqaga ergashish zalolat va baxtsizlikdir: «Undan boshqa ibodatga sazovor Zot yoʻq». Sen u tushirgan vahiydan boshqasiga ergashmasang, ibodatga sazovor Zotga ibodat qilgan boʻlasan. Sen Allohning farmonini bajargin-da: «Mushriklardan yuz oʻgir». Allohning irodasi shunday. Insonni hidoyat va zalolat yoʻlini tanlash isteʼdodiga ega qilib yaratgan. Unga oʻz yoʻlini tanlash ixtiyorini bergan. Ayni shu ixtiyori bois inson mukofot yoki jazo oladi.