۞ وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ ٱلْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَىْءٍ قُبُلًا مَّا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوٓا۟ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga o`liklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin to`plasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin ko`plari johildirlar.Агар Биз уларга фаришталарни туширсак ҳам, уларга ўликлар гапирса ҳам ва уларнинг олдига ҳамма нарсани очиқ-ойдин тўпласак ҳам, Аллоҳ хоҳламаса, иймон келтирмаслар. Лекин кўплари жоҳилдирлар.Alauddin Mansour: Agar biz ularga farishtalarni tushirsak va oʻliklar (qabrlaridan tirilib kelib) ularga gapirsalar hamda barcha narsani (xaloyiqni) ularning oldida ochiq-ayon toʻplasak ham, iymon keltiruvchi boʻlmaydilar, magar Alloh xohlasagina (iymon keltirurlar). Lekin ularning koʻplari (buni) bilmaydilar.Агар биз уларга фаришталарни туширсак ва ўликлар (қабрларидан тирилиб келиб) уларга гапирсалар ҳамда барча нарсани (халойиқни) уларнинг олдида очиқ-аён тўпласак ҳам, иймон келтирувчи бўлмайдилар, магар Аллоҳ хоҳласагина (иймон келтирурлар). Лекин уларнинг кўплари (буни) билмайдилар.
Shu maʼnodagi oyatlar ushbu suraning avvalida ham kelgan edi. Gapning xulosasi–hamma narsa Allohning xohishiga bogʻliq. Parvardigor insonlarning hidoyat topishi yoki zalolatga ketishi oyat- moʻʼjizalar qudratiga emas, Oʻzining inon-ixtiyoriga bogʻliq boʻlishini xohlagan. Dunyodagi hech bir ish Uning xohishidan tashqarida boʻlmaydi. Alloh taolo turli oyat–moʻʼjizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, keyin iymonga kelishlarini xohlamagan.
«Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga oʻliklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin toʻplasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar».
Alloh taolo iymon yoʻlini inkishof etib, kishilar oʻsha yoʻlda aqllarini ishlatib, oʻz ixtiyorlari asosida iymonga kelishlarini xohlaydi. Iymonga kelganlarga mukofot beradi, kelmaganlarga– jazo.
«Lekin koʻplari johildirlar».
Ularning johilligining, iymonga kelishlari uchun gʻayrioddiy oyat-moʻʼjizalar koʻrsatilishini shart qilib qoʻyishlarining bosh- qa sabablari ham bor: