وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّا شَيَـٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ يُوحِى بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ ٱلْقَوْلِ غُرُورًا ۚ وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, har bir Payg`ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo`ydik. Ularning ba'zilari ba'zilarini g`ururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni o`zlari to`qigan narsalari ila yolg`iz qo`y!Шунингдек, ҳар бир Пайғамбарга инсу жин шайтонларини душман қилиб қўйдик. Уларнинг баъзилари баъзиларини ғурурга кетказишлари учун жимжимадор каломларни танларлар. Агар Роббинг хоҳласа, бундай қилмас эдилар. Бас, уларни ўзлари тўқиган нарсалари ила ёлғиз қўй!Alauddin Mansour: Shuningdek, har bir paygʻambar uchun insu jin(dan boʻlgan) shaytonlarni dushman qilib qoʻydik. Ular bir-birlarini aldash uchun goʻzal (yaltiroq) soʻzlar bilan vasvasa qiladilar. Agar Parvardigoringiz xohlasa, unday qilmagan boʻlur edilar. Bas, ularni tuhmat, boʻhtonlari bilan birga tark qiling!Шунингдек, ҳар бир пайғамбар учун инсу жин(дан бўлган) шайтонларни душман қилиб қўйдик. Улар бир-бирларини алдаш учун гўзал (ялтироқ) сўзлар билан васваса қиладилар. Агар Парвардигорингиз хоҳласа, ундай қилмаган бўлур эдилар. Бас, уларни туҳмат, бўҳтонлари билан бирга тарк қилинг!
Alloh taolo Oʻz xohishi bilan har bir Paygʻambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qoʻygan ekan.
«Shuningdek, har bir Paygʻambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qoʻydik».
Bunday dushmanlardan hech bir Paygʻambar xoli boʻlmas ekan. Jinlardan buzgʻunchi, igʻvogar va yomonlikka yurgani shayton boʻladi. Xuddi shuningdek, odamlardan buzgʻunchi, igʻvogar va yomonlikka moyili shayton boʻladi. Hayvonlarning yomoni ham shayton boʻladi. Bularning ichida eng yomoni–odam shaytondir. Hayvon shaytonning iymon va Islom masalasiga deyarli dahli yoʻq. Jin shaytonlar oyati karimalarda, shuningdek, hadisi shariflarda guvoh boʻlganimizdek, olovdan yaratilgan boʻlib, koʻpgina odamda yoʻq xususiyatlarga egadirlar. Ular, yaʼni, jin shaytonlar odamlarni igʻvo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo, Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan moʻmin-musulmon kishiga ular oʻz taʼsirlarini oʻtkaza olmaydilar. Ammo, odamdan boʻlgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan badtarinidir. Ular doimo oramizda, koʻzlarimiz oʻngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yoʻllar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo igʻvo va tugʻyon bilan mashgʻuldirlar.
«Ularning baʼzilari baʼzilarini gʻururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar».
Ularning bu yaltiroq gaplarini eshitganlar gʻururga ketadilar, aldanadilar, iymon yoʻlini tark etib, kufr yoʻliga kiradilar. Alloh va Paygʻambarining aytganini qilmasdan, ularning dushmani boʻlmish insu jin shaytonlarining aytganini qiladilar. Ammo, bularning hammasi, baribir, Allohning xohishidan tashqariga chiqib keta olmaydi:
«Agar Robbing xohlasa, uni qilmas edilar».
Bu ishlarning hammasi oʻz-oʻzidan, yoʻq yerdan, bekorga yoki odamlar xohlagani uchun boʻlayotgani yoʻq. Hammasi Allohning irodasi. Shunday boʻlgach, musulmon odam bu ishlarni chuqurroq mulohaza qilib, oʻziga kerakli xulosani chiqarib olishi zarur. Ehtimol, insu jindan boʻlgan shaytonlarni bu holda tek qoʻyib qoʻyish odamlarni sinash uchundir? Ehtimol: