QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят113

وَلِتَصْغَىٰٓ إِلَيْهِ أَفْـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُوا۟ مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga (gapning go`zaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil bo`lishi, undan rozi bo`lib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.Унга (гапнинг гўзалига) охиратга иймон келтирмайдиганларнинг қалби мойил бўлиши, ундан рози бўлиб, қиладиган гуноҳларини бажаришлари учундир.Alauddin Mansour: Unday soʻzlarga Oxiratga ishonmaydigan kimsalarning dillari moyil boʻlishi uchun va oʻsha soʻzlarga rozi boʻlishib, oʻzlari qilmoqchi boʻlgan gunohlarini qilishlari uchun (u shaytonlar vasvasa qiladilar).Ундай сўзларга Охиратга ишонмайдиган кимсаларнинг диллари мойил бўлиши учун ва ўша сўзларга рози бўлишиб, ўзлари қилмоқчи бўлган гуноҳларини қилишлари учун (у шайтонлар васваса қиладилар).

142-sahifa · 8-juz · 15-hizb142-саҳифа · 8-жуз · 15-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِتَصْغَىٰٓva moyil boʻlishi uchunва мойил бўлиши учунإِلَيْهِungaунгаأَفْـِٔدَةُqalbiқалбиٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурларبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаوَلِيَرْضَوْهُva undan rozi boʻlishlari uchunва ундан рози бўлишлари учунوَلِيَقْتَرِفُوا۟va qilishlari uchunва қилишлари учунمَاnarsaniнарсаниهُمularуларمُّقْتَرِفُونَqiladigan (gunohlarini)қиладиган (гуноҳларини)
TafsirТафсир

Oxiratga iymon keltirmaslik falokatlarning boshi ekanligi ushbu oyatdan ham anglashilmoqda.

«Unga (gapning goʻzaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil boʻlishi...»

Insu jin shaytonlarining goʻzal gapiga uchib, qalblari moyil boʻladiganlar ham oʻsha oxiratga iymon keltirmaydiganlar ekan. Ular nafaqat oʻsha yaltiroq gaplarni tinglaydilar va unga moyil boʻladilar, balki

«undan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir».

Yaʼni, ular undan rozi ham boʻladilar va u gaplarga uchib, gunohga botadilar.

Yuqoridagi oyatlarda hidoyat va zalolat, Allohga doʻst, Paygʻambarga ummat yoki dushman boʻlish hamda aqiydaga tegishli masalalar bayon qilindi, endi suraning bosh mavzui–har bir narsada hokimiyat Allohning Oʻziga xos ekanligining taʼkidi boshlanadi: